“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodidagi ishlab chiqarish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqarish holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini yakunlab, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida o‘rganish ishlarini davom ettirdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining zavodga amaliy tashrifi doirasida korxona mutaxassislari bilan uchrashib, barcha ishchi-xodimlarni Mustaqillik bayramining 31 yilligi hamda Zavodning 25 yilligi bilan tabriklab, so‘ngra zavodning joriy faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor joriy yilning 8 oyi yakunlari, iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari haqidagi masalalarga qaratildi.
Tashrif davomida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi bayram kunlarida barcha soha obektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlari holatini doimiy nazorat qilib borish zarurligini ta’kidladi.
Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishi, modernizatsiya ishlari holatini o‘rganish maqsadida Buxorodagi qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan ham tanishdi. Dastlab, Qorovulbozor shahridagi quyish-to‘kish estakadasining rekonstruksiya qilish ishlari holati joyida o‘rganildi.
Qurilmaning asosiy strukturalari ko‘zdan kechirildi va bugungi kunga qadar amalga oshirilgan qurilish hajmlari namoyish qilindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga korxonada rahbarlar navbatchiligi, tezkor otryadlarning kecha-yu kunduz navbatchiligi, bayram kunlarida uzluksiz ishlash uchun moddiy-texnik resurslar, avtotransport vositalari tashkil etilgani, zarur zaxiralar yaratilgani haqida hisobot berildi.
Boshqaruv raisi tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodidagi ishlab chiqarish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari holatiga doir ko‘rsatmalar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i asosida ayni paytda zavodda umumiy maydoni 15,75 gektarni tashkil qiluvchi quyish-to‘kish estakadasini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda va foydalanilmayotgan sig‘imlar demontaj qilinib, texnologik quvurlar o‘rnatilmoqda.
Maydonda sig‘imlar parki, obekt infratuzilmasi, ko‘pikli yong‘in o‘chirish tizimining qurilish, qayta tiklash, temiryo‘l relslarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Aytish joizki, ishlarning katta qismi zavod mutaxassislari hamda ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, quyish-to‘kish estakadasi xomashyoni qabul qilish, saqlash va tayyor mahsulotlarni jo‘natish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, bu yerda sisterna va avtosisternalardan quyish-to‘kish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi mumkin.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024