Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi, bir kishi shifoxonaga murojaat qilgan
Toshkent shahar IIBB Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida ma’lumot taqdim etdi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt va Lacetti avtomashinalarining to‘qnashuvi oqibatida, yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yil 1 sentabr kuni soat taxminan 15:45 da Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi 34 yoshli B.N. va Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli Sh.U. Yashnobod tumani Aviasozlar va Qorasuv ko‘chalari kesishmasida mayda to‘qnashuv sodir etishgan.
To‘qnashuv tufayli yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylanib ketgan. Natijada, Cobalt avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026