Jahon | 19:13 / 02.09.2022
34342
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada gaz narxi keskin arzonladi

Narx tushishiga AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazilishining oshishi hamda Yevropadagi yerosti gaz omborlarining rejadagidan ko‘ra tezroq to‘ldirilishi sabab bo‘ldi.

Foto: Getty Images

ICE birjasidagi savdolar davomida tabiiy gaz narxi 9 foizga pasayib, ming kub metri 2320 dollarga teng bo‘ldi. 

Gaz narxi ushbu hafta mobaynida pasayishda davom etmoqda, narx o‘tgan haftadagiga nisbatan bir yarim baravarga pasaydi.

Narx tushishiga AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazilishining oshishi hamda Yevropadagi yerosti gaz omborlarining rejadagidan ko‘ra tezroq to‘ldirilishi sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropadagi gaz omborlari 80 foizga to‘ldirilgan. Bu narx ko‘tarilishining oldini oladi. 

Rossiya gaziga ko‘proq qaram bo‘lgan Germaniyada vaziyat murakkab, ammo kansler Olaf Shols ko‘rilayotgan choralar tufayli mamlakat qishda qiyinchilikka duch kelmasligiga ishonmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid