O‘zbekiston | 17:43 / 03.09.2022
7717
1 daqiqa o‘qiladi

«Muzeylar haftaligi» doirasida Toshkent muzeylari bepul xizmat ko‘rsatishni boshladi

Bugundan e’tiboran "Muzeylar haftaligi" tadbiri boshlanadi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti kun mobaynida fuqarolar uchun ayrim muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.

Muzeylar ro‘yxati:

  • O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi;
  • Abdulla Qodiriy uy muzeyi;
  • Yunus Rajabiy uy muzeyi;
  • O‘rol Tansiqboyev uy muzeyi;
  • Tamaraxonim uy muzeyi;
  • Sergey Yesenin uy muzeyi.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 aprelda chiqargan 68-son qarori 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra "Muzeylar haftaligi" tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. 

Fuqarolar bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid