O‘zbekiston | 12:57 / 03.09.2022
8900
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Ustyurtda tabiiy gaz qazib chiqarilishi va burg‘ilash ishlari holatini o‘rgandi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish va texnologik obektlarni qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab, konlardagi tabiiy tushishning oldini olish maqsadida kapital ta’mirlash ishlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, “Sharqiy Berdax” konida bo‘ldilar. 

“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olingan 44-sonli quduqning o‘zlashtirish jarayonlarida qatnashildi, quduqdan olingan mahsulot birgalikda gaz quvurlariga qo‘shildi.

Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida “Sharqiy Berdax” konida olib borilayotgan geologik qidiruv ishlari doirasida konning quyi qatlamlari istiqbollarini baholash maqsadida burg‘ilanayotgan “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli qidiruv qudug‘ida bo‘lib, burg‘ilash ishlari bilan tanishildi, ishchi xodimlar bilan suhbatda bo‘lib, yashash sharoitini yaxshilash va barcha sharoitlarni yaratib berish yuzasidan tegishli departament boshliqlariga ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, ERIELL kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan tanishildi. 

Kompaniya tomonidan Ustyurt regioniga ZJ-70 markali Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 ta burg‘ilash dastgohlari jalb qilingan bo‘lib, jumladan burg‘ilanayotgan “Quyi Sharqiy Berdax” 10-sonli hozirgi kunchaga 3900 m ni tashkil etadi. “Quyi Sharqiy Berdax” 12-sonli qudug‘ida esa burg‘ilash chuqurligi 3131 m gacha yetgan, bu yerda kompaniya vakillari bilan birgalikda burg‘ilash jarayonlari, zarur material-texnik resurslar va kimyoviy reagentlar bilan ta’minlash, quduqlarni ishga tushirishni tezlashtirish uchun ularni jihozlash ishlarini jadallashtirish masalalari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida pudratchi burg‘ilash va mukammal ta’mirlash tashkilotlari va tegishli departament boshliqlari bilan konlarda va yangi maydonlarda olib borilayotgan quduqlarni burg‘ilash va murakkab ta’mirlash ishlari muammoli masalalar muhokama qilinib ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Barcha burg‘ilovchi va qazib oluvchi ishchi xodimlarni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan tabriklab, ularga minnatdorchilik bildirdi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining joriy yil sakkiz oyligi bo‘yicha belgilangan rejaning bajarilishi hamda kelgusida tabiiy gazni oshirish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan geologik-texnik chora-tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlar va quduqlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishini o‘rganish ishlari davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid