Nazarimda, tarixni örganişda biz azaldan samarasiz uslubni tanlaganmiz. Bu holat ayniqsa bugungi kunda yaqqol bilinib qoldi. Biz Boburni uluğlab ming adadli jurnal çiqarayotgan bir paytda turklar “Muhtaşam yuz yil”, “Ertuğrul” kabi seriallari bilan nafaqat özlaridagi, balki dunyo böylab, jumladan Özbekistondagi millionlab insonlarni maftun qilib qöyişmoqda.

Bu haqda köp gapirilgan, ammo qaytariş zarurati hali hamon ulkan – bizda öşanday tarix yöqmi? Nega turk seriallaridagi rangdor va uluğvor qahramonlarga köz tikib hayratlanamiz-u, özimiznikiga bee’tibormiz?

Bahona tayyor – kinosanoatimiz imkoniyati unçalik emas.

Xöp, kimdir astoydil urinib kördimi? Bobur haqidagi 10 qismli, tasvir sifati haminqadar, eski videofilmni ham orziqib tomoşa qilamiz-ku? Nega bu iş davom ettirilmayapti?

Yaqinda Mustaqillik bayramini nişonladik. Keçada markaziy nuqta sifatida jadidlarga e’tibor körsatildi. Davlat rahbari ham tarixning bu nuqtasida oçilmagan sahifalar bisyorligi, örganilişi, qilinişi kerak bölgan işlar köpligini ta’kidladi. Ammo jadidlar masalasida ham haligaça oqsayapmiz. Olingan bir-ikkita filmlarda izçillik yöq. Mafkuraviy, tarixiy tomonlarini oçib berişga urinyapmiz-u, tomoşabinni maftun qilib oladigan darajada badiiylaştirib yubora olmayapmiz.

Endi öşa xorij seriallariga e’tibor qaratsak – ayrimlar ularda tarixiy haqiqat özgartirilgan, deydi. Qandini ursin! Ular öz oldiga hujjatli yoki ilmiy-ommabop film yaratiş maqsadini qöymagan, qöymaydi ham. Demak mubolağalarga, rangdorlik san’atiga, ança-munça uydirmalarga ham yöl qöyilaveradi. Maqsad yagona – sifatli mahsulot yaratiş va tomoşabinni jalb qiliş. Qolgani öz-özidan bölaveradi, biz kabilar Sulton Sulaymonning qudrati va adolatidan hayratlanaveramiz, pul topsak Turkiyaga oşiqaveramiz. Seriallardagi mayda-çuyda kamçiliklar, börttirişlar bilan kimning işi bor?

Köz tegmasin, biz mukammallikka intilib yillarni ötkazyapmiz. Hatto tarixiy filmlarimiz taqdirini qardoşlarga topşirib, ulardan umid qila boşladik ham.

Axir Sulaymon bilan zamondoş bölgan boburiy şahzoda Akbarşoh undan kam yurişlar qilganmidi? Sulton Sulaymon-ku, ulkan tarixga ega imperiya, asosan musulmonlarga tayangan qudratli davlatning davomçisi edi. Akbarşoh qiyinçilik bilan şakllanayotgan, diniy va irqiy ziddiyatlarga kömilgan hududda ulkan davlat barpo etgan.

Biz Akbarşohni hanuz Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asari doirasida bilamiz. Yaqinda hindlar işlagan bir film namoyiş etildi. Unda Akbarşoh öz öğli Salimga suygan yoriga uylanişga izn bermaydi. Ammo Salim fikrida qat’iy turadi. Hindlar kinoasarlarda muhabbat omilini birinçi öringa qöyişadi. Tabiiyki bu filmda ikki yoşning şunça qarşiliklarga qaramay sönmagan muhabbati birinçi planga olib çiqilgan.

Yoki yana öşa Sulton Sulaymonga qaytamiz. Tarix darsliklarida turklar zamonaviy Avstriya poytaxti Vena ostonasida mağlub bölib, ortga qaytgani yozilgan. Ammo “Muhtaşam yuz yil” serialida Sulton qattiq sovuq va uzluksiz janglar tufayli toliqqan askarlarini Vena yaqinidan ortga qaytariş töğrisida buyruq beradi, ya’ni mağlubiyat silliqqina yopib ketiladi.

“Şeryurak” filmini köpçilik körgan. Mel Gibson jonlantirgan Uilyam Uollesning qahramonliklaridan, ölimga tik boqqanidan hayajonlanganmiz. Ammo öşa qahramon Uilyam Uolles öz yurtida 10-15 ming jangçi iştirokidagi kiçik janglarda ğolib bölgan, öz davrida qisqa muddat juda obröli şaxs hisoblangan, hanuz milliy qahramon darajasida bölsa-da, davlatiga baribir mustaqillik tuhfa etolmagan. Nafaqat mustaqil böla olmagan, balki nisbatan kiçik Şotlandiya hududida yaxlit birlikni ta’minlay olmagan va oxir-oqibat şuning qurboni bölgan. Ammo biz uning qahramonliklari haqidagi otaşin filmni közda yoş bilan köramiz, qalbimizda öşa davr ruhiyati uyğonadi.

Ana, kinoustalar kiçik va keyinçalik ahamiyatsizga aylangan ğalaba atrofida mubolağalar töplab, olamşumul asarlar yaratişmoqda. Ammo bizda ikki yuz minglab askarni boşqarib, yana şunça (yoki undan ham köproq) Yildirimga qarşi çiqib, mahv etgan Sohibqironning şonli jangi haqida arzigulik film yöq.

Biz ulkan tariximizni yoritişda 500-1000 adadli jurnallarga suyangan bir paytda dunyo kinematografiyasi mubolağalar, badiiy börttirişlar bilan hammani öziga jalb qilib ulgurdi. Boşqaça aytganda bayroq boşqalarda ketdi.

Töğri, bunday naşrlarning ham öz örni bor, xorijda ham ular hanuz mavjud. Lekin köproq turli-tuman grantlar, homiylar yoki ma’lum obunaçilarga suyanib çop etiladi. Ammo bugungi kunda ulkan tarixni yorqin tasvirlab beriş poygasida faqat bu naşrlarga suyanib qoliş özini oqlamaganini tan olişimiz kerak. “Tarixni ğoliblar yozadi” degan naql bugungi kunda “Tarixni kinoçilar yozadi” degandek özgarib borayotgan bir paytda biz faqat qoğozga işonib qolganimiz ğalati bölmoqda.

Ha, garçi Amir Temurning ğolib bölgani rad etib bölmas fakt bölsa-da, lozim darajada yoritib berilmagani uçun Yildirim oldida, Akbarşoh şunça qahramonliklari bilan ham arzirli bir serial yoki filmga loyiq körilmagani uçun Sulton Sulaymon oldida yutqazmoqda.

Aynan bizning yurtimizda, öz nigohimizda yutqazmoqdami, xorijni qöyavering endi... 

Abror Zohidov