5 sentabrdan Toshkentda to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi
Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholi jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida 5 sentabr kunidan boshlab to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.
39-sonli «3-metro bekati – Qo‘yliq bozori» yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «3-metro bekati»dan Beshariq, Izzat, Mo‘ynoq, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali «Qo‘yliq bozori» bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida «Qo‘yliq bozori» bekatidan Farg‘ona yo‘li, Mo‘ynoq, Izzat, Beshariq ko‘chalari orqali «3-metro bekati»ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.
112-sonli «Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi – Qo‘yliq dehqon bozori» yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi» bekatidan Davlatbod, Lutfikor, Yangi Sergeli yo‘li, Qipchoq, Xonobod, Ilg‘or 5-tor, Yangihayot, Xonariq, X.Jo‘rayev, THAY ko‘chalari orqali «Qo‘yliq dehqon bozori» bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida «Qo‘yliq dehqon bozori» bekatidan THAY, X.Jo‘rayev, Xonariq, Yangi hayot, Ilg‘or 5-tor, Xonobod, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Lutfikor, Davlatobod, Qipchoq ko‘chalari orqali «Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi» bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.
133-sonli «Gulzor mahallasi – Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi» yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «Gulzor mahallasi»dan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Qirariq, Chortoq, Qanora, Davlatobod, Mag‘rib, Birodarlik, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq ko‘chalari orqali «Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi» bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida «Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi» bekatidan Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik, Davlatobod, Mag‘rib, Qanora, Chortoq, Qirariq, 4R21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali «Gulzor mahallasi»ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.
137-sonli «Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3 – Elektroapparat IChB» yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda «Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3» bekatidan THAY, Qo‘shqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Yangi Qo‘yliq, Fayzobod 1-tor, Beshkent, Eski Otchopar, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali «Elektroapparat IChB» bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida «Elektroapparat IChB» bekatidan Farg‘ona yo‘li, Eski Otchopar, Beshkent, Fayzobod 1-tor, Yangi Qo‘yliq, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Qo‘shqo‘rg‘on, THAY, Qumariq ko‘chalari orqali «Mahalliy havo yo‘llari Aeroporti-3» bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta shanba kunlariga 3 ta, va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
09:26 / 13.11.2024