Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini Farhod GES orqali bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Mustaqillik 31 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatidan Sirdaryoga qatnaydigan yangi muntazam viloyatlararo-shaharlararo avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, “Bobur SIU-Bekobod” hamda “Shirin-Bekobod” yo‘nalishlari masofasi 20-30 kilometr bo‘lib, har ikkala yo‘nalish ham Farhod GES orqali harakatlanadi.
Endilikda Toshkent viloyatining Bekobod shahri aholisi qo‘shni Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Shirin shaharchalariga avtobus orqali ham borib keladigan bo‘ldi.
Bundan oldin Sirdaryodan Tojikiston orqali Farg‘onaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
10:19 / 09.02.2026