Tez kunda Guliston şahrini Farğona vodiysi bilan boğlovçi “Guliston - Qöqon” (Tojikiston orqali) viloyatlararo-şaharlararo yönalişida avtobuslar qatnovi yölga qöyiladi.
Sirdaryo viloyati transport boşqarmasi xabariga köra, qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Guliston şahridan jönaydigan avtobus “Xovosobod” hamda Farğona viloyati yaqinidagi “Andarxon” çegara bojxona postlari orqali Qöqon şahriga yetib boradi.
Avtobuslar Tojikiston hududida yölovçilarni tuşirişi va olişi mumkin emas. Yölovçilarda esa xorijga çiqiş pasporti bölişi talab etiladi.
Uşbu yönalişning masofasi 264,3 kilometr bölib, yöl haqi 50 ming söm atrofida bölişi kutilmoqda.










