O‘zbekiston | 08:43 / 06.09.2022
7013
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya bilan jinoyatda gumonlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi

Janubiy Koreya mahalliy politsiya boshqarmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hamkorlik rivojlantiriladi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari Kyonsan-namdo provinsiyasi ma’muriy markazi Changvon shahri politsiya departamenti Xalqaro hamkorlik bo‘limi mas’ul xodimi Song Pyong Jin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Changvon shahrida O‘zbekiston fuqarolarining ko‘pligi hisobga olinib, muayyan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot almashish uchun mazkur departament xodimlari bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Song Pyong Jin O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni profilaktika qilishda elchixona bilan yaqin hamkorlikni tashkil etishga tayyorligini ta’kidladi. 

Politsiya vakili so‘zlariga ko‘ra, shaharda 2 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi. Song Pyong Jin Changvon shahar politsiya departamenti O‘zbekiston fuqarolari ushbu davlatda biror noqulayliklarsiz yashashi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid