Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya urushning yarim yili davomida yonilg‘i sotishdan 158 mlrd yevro ishladi. Uning yarmidan ko‘pini Yevroittifoq sotib olgan
Rossiya 24 fevraldan 24 avgustgacha bo‘lgan davr oralig‘ida yonilg‘i eksportidan 158 milliard yevroga yaqin daromad oldi. 6 sentabr holatiga ko‘ra, Yevroittifoq mamlakatlari Rossiyadan yonilg‘i sotib olish uchun 87,5 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu haqda CREA (Energiya va toza havoni tadqiq qilish markazi) xalqaro tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya yonilg‘isining boshqa yirik importyorlari Xitoy (34,9 milliard yevro), Turkiya (10,7 milliard yevro), Hindiston (6,6 milliard yevro), Yaponiya (2,5 milliard yevro), Misr (2,3 milliard yevro) va Janubiy Koreya (2 milliard yevro) hisoblanadi.
CREA tashkilotining e’tibor qaratishicha, Rossiya yetkazib berish hajmining pasayishiga qaramasdan, yo‘qotishlar o‘rnini yonilg‘i narxining ko‘tarilishi hisobiga qoplamoqda. Natijada mamlakatning hozirgi kundagi daromadi avvalgi yillardagiga nisbatan ancha ko‘proqni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, Yevropaga gaz yetkazib berish hajmining qisqarishi Rossiyaga kuniga bir milliard rublga tushmoqda, yetkazib berishning to‘liq to‘xtatilishi esa budjetga soliq tushumlarining yiliga 400 milliard rublga kamayishiga olib keladi, deb yozadi Bloomberg agentligi Rossiya hukumatining yopiq hisobotiga asoslanib. Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, YeIning Rossiya nefti va gazidan birdaniga voz kechishi RFning o‘z bozorini ta’minlash salohiyatiga zarba berishi mumkin.
Sentyabr boshlarida «Katta yettilik» mamlakatlari Rossiya neftiga nisbatan narxni chegaralashga kelishib oldi. Shuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiya gaziga nisbatan narxni chegaralash borasidagi rejani e’lon qildi.
6 sentabr kuni Yevrokomissiya narxni chegaralash bo‘yicha ikkita variantni taklif etgani ma’lum bo‘ldi. Birinchi variantda butun YeI hududida Rossiya gaziga chegaralangan narx joriy etish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi variantda esa YeIga a’zo mamlakatlarni chegaralangan narx joriy etiladigan «qizil» va «narxlar yuqoriligicha qoladigan» «yashil» hududlarga ajratish mo‘ljallanmoqda.
Yevroittifoq sanksiyalarning oltinchi paketi doirasida Rossiya nefti va neft mahsulotlaridan bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha kelishib oldi. Bunda quvurlar orqali neft yetkazib berishga nisbatan cheklov joriy etilmaydi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026