Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va BAA Toshkent viloyatida «Aqlli tibbiyot shahri» loyihasini amalga oshiradi
Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreya ishbilarmonlari o‘rtasida qator memorandumlar imzolandi.
Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Seul va Inchon shaharlarida Janubiy Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Mamlakatdagi yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri hisoblangan Hanshin Engineering & Construction ijrochi direktori Choi Mun Gyu bilan muloqot chog‘ida “Nurafshon biznes siti” hududida ko‘p qavatli uylar, mehmonxona va tijorat binolari qurish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan “Aqlli tibbiyot shahri klasteri” loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Janubiy Koreya va BAA kompaniyalari bilan Toshkent viloyati hududida Tashkent Medical Smart tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyiha qiymati qariyb 2 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mazkur kompaniya 1950 yilda uy-joy qurilishi kompaniyasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik arxitektura, qurilish, elektr energiyasi va ekinlarni yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Shuningdek, Janubiy Koreya va BAA tibbiyot, sog‘liqni saqlash, ekotizim, shaharsozlik, landshaft, atrof-muhit dizayni qurilishi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqotda viloyatdagi “Angren EIZ”, “Chorvoq TIZ”, “Chirchiq-Ximgrad”, “Bo‘stonliq Farm”, “Parkent Farm” erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlari, Nurafshon-sitida qurilish va bunyodkorlik kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamda turizm, ta’lim, yashil energetika, oziq-ovqat mahsulotlari, biofarmatsevtika va nanotexnologiyalar, elektronika sohalarini rivojlantirish muzokaralari olib borildi.
Muloqot yakunida Toshkent viloyati hokimligi va Koreya Respublikasi Tashkent Development Corp kompaniyasi o‘rtasida 500 million dollarlik Nurafshon New Korea Busines City loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026