Jahon | 19:20 / 09.09.2022
4831
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Pokistonga suv toshqinlari oqibatida yetgan zararni 30 mlrd dollar deb baholadi

Suv toshqinlari 1391 kishining umriga zomin bo‘lgan, 12 722 kishi jarohatlangan, 1,7 mln uyga shikast yetgan.

Foto: Getty Images

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Pokiston suv toshqinlari oqibatida 30 mlrd dollar zarar ko‘rganini aytdi.

Pokistonda suv toshqinlari iyun o‘rtalarida musson yomg‘irlari natijasida sodir bo‘lgandi.

«Tabiat javob zarbasini bermoqda. Bugun Pokiston, ertaga yana boshqasi bo‘lishi mumkin. Pokistonga 30 mlrd dollarlik moliyaviy yordam zarur»,— dedi Antoniu Guterrish.

Avvalroq BMT Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida 1,9 mln nafar pokistonlikka oziq-ovqat yetkazib berish rejasi haqida e’lon qilgandi. 

Yozda Pokistonda oxirgi 30 yil ichidagi rekord darajada yog‘ingarchilik yuz berdi. Musson yomg‘irlari sababli daryolar toshib, ulkan maydonlar suv ostida qoldi.

Pokiston tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish boshqarmasining ma’lumot berishicha, suv toshqinlari 1391 kishining umriga zomin bo‘lgan, 12 722 kishi jarohatlangan, 1,7 mln uyga shikast yetgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid