Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijara shartnomasini hisobga qo‘yishda talabadan elektron imzo talab etilmaydi
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin. Bu haqda «Davlat xizmatlari yangiliklari» kanali xabar berdi.
Birinchisi - ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan «Talabalar ijarasi» bo‘limini tanlab, «Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma’lumot» oynasiga ijaraga oluvchi talaba JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (ism-sharifi, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.
Keyingi jarayonda «Qo‘shish» tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi. So‘ngra «Telefon raqami» qatoriga ijaraga oluvchi talaba telefon raqami kiritilib, «Tasdiqlash kodini yuborish» tugmasi bosiladi. Talaba telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam «Tasdiqlash kodi» qatoriga yozilib, «Tasdiqlash» tugmasi bosiladi.
Ikkinchisi - «Soliq» mobil ilovasi orqali. Ilovada «Ijaraga berish», undan so‘ng «Talabalar uchun ijara shartnoma» bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talaba shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning ma’lumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.
Soliq to‘lovchi uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026