O‘zbekiston | 09:28 / 09.09.2022
3651
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ochadi

Saudiyalik yirik tadbirkor O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik qiladi.

Jidda shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasida saudiyalik yirik tadbirkorlardan biri Muhammad Sindi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muhammad Sindi O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi va o‘tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuvlar hozirgi kunda saudiyalik biznesmen-sarmoyadorlarda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirganini ta’kidladi. 

U mamlakatda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ochish istagini bildirib, joriy yil oktabr oyida O‘zbekistonga safar qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Saudiyalik tadbirkorga O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborotnoma hamda “O‘zbekiston. Allomalar yurti: Imom al-Buxoriy vataniga sayohat” nomli arab tilidagi kitob taqdim etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid