Jahon | 07:35 / 09.09.2022
9325
3 daqiqa o‘qiladi

YeI energetika vazirlari Rossiya gazi narxiga chegarani ko‘rib chiqadi

YeI mamlakatlari energetika vazirlari kengashi 9 centyabr kuni Rossiyadan gaz narxi chegarasini muhokama qiladi, biroq Yevropa komissiyasini uni zudlik bilan joriy etishga chaqirishi dargumon, deya ogohlantirdi Yevropa ittifoqining yuqori martabali rasmiysi.

Foto: Reuters

Yevropa ittifoqi energetika vazirlari kengashining 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan favqulodda yig‘ilishida Rossiyadan gaz narxiga cheklov joriy etish masalasi muhokama qilinadi, biroq yig‘ilishda kengash Yevropa komissiyasiga ushbu chorani zudlik bilan joriy etishga chaqirishi dargumon. Bu haqda 8 sentabr, payshanba kuni Bryusselda vazirlar kengashi yig‘ilishi arafasida o‘tkazilgan brifingda YeIning yuqori martabali amaldori ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi muhokamalarda mamlakatlarning salmoqli guruhi ushbu chorani yoqlab chiqishgan, biroq hozir uning Yevropa ittifoqida joriy etilishi uchun ko‘pchilik ovoz yo‘q. Rasmiyning tushuntirishicha, ko‘plab hukumatlar birinchi navbatda o‘z mamlakatlaridagi vaziyat uchun bunday harakatning oqibatlarini baholashlari kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqini energetik inqirozdan olib chiqish bo‘yicha Yevropa komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan beshta taklifdan uchtasi Yevropa ittifoqi ko‘pchilik mamlakatlarida ijobiy qabul qilinmoqda: pik soatlarda elektr energiyasini tejash, bozordagi o‘zgaruvchanlikni yengish uchun energetika korxonalarida likvidlikni ta’minlash va yuqori daromadli kompaniyalardan kompensatsiyani joriy etish, arzon narxlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish.

Rasmiyning ta’kidlashicha, endilikda Yevropa ittifoqi a’zolari uchun bir necha hafta ichida joriy etilishi mumkin bo‘lgan muvofiqlashtirilgan maqsadli chora-tadbirlarni tezda ishlab chiqish muhim. Har qanday favqulodda yangiliklar vaqtinchalik bo‘ladi, deyiladi YeI ma’lumotida.

Bir kun oldin, 7 sentabr kuni Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen inqirozli energiya rejasini taqdim etdi. U besh banddan iborat bo‘lib, uni Yevropa ittifoqi jahon energetika bozoridagi keskin vaziyat tufayli tezlashtirilgan sxema bo‘yicha amalga oshirishi mumkin. Shu nuqtalardan biri Rossiya gazi narxining cheklanishidir. Yevrokomissiya Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar xarajatlarini kamaytirish maqsadida uni o‘rnatishni taklif qilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid