Daraxtga duşman, toşga döst poytaxtda yana bir oşkora qotillik röy berdi. Navbatdagi va aniq bilamizki, oxirgisi bölmagan bu maş’um voqea — aynan daraxtlarga yetkazilgan zarar tufayli yaqindagina hokimi va prokurori almaştirilgan Çilonzor tumanida sodir böldi.
Eslatib ötamiz, 7 avgust kuni poytaxtning Çilonzor köçasini kengaytiriş-ta’mirlaş işlari davomida yöl böyidagi köp yillik daraxtlarning ildizlari kesib taşlangani şov şuv bölgan edi. Voqea ortidan Çilonzor tuman hokimi va prokurori işdan olingan, piça ötib tumanga yangi hokim va prokuror tayinlangan edi.
Keça tunda röy bergan daraxtkuşlik natijasida 58 ta daraxt bu yoruğ olam bilan vidolaşgan. Voqea Çilonzor tumani 3-daha, Çilonzor savdo markazi deb nomlanadigan hududda, tuman prokuraturasi binosining röparasida, katta yöl yoqasida sodir bölgan.
Öşanda aniqlaşimizça, qimmatbaho daraxtlar ekilgan uşbu hududdan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning 2020 yil 3 sentabrdagi qaroriga köra, Dream House Stroy kompaniyasiga 20 sotix ajratilgan. Öşanda, mehmonxona va biznes markazi qurişni möljallagan obektlar egalari 20 sotix emas, 40 sotix yerni örab olişgan.
Eng açinarlisi, uşbu hududda daraxtlar hibsga olinib, qamal qilingani haqida yanvar oyida reportaj ham tayyorlagan edik.
Bugungi kunda 58 ta daraxtning qotiliga aylangan firibgar öşanda bizga bu daraxtlarga tegmayman, deb va’da bergandi. Şu ötgan davrda birorta ham taşkilot şu tösiqlarni oldirib taşlolmadi.
Bu Oşkora qotillik qissasining xuddi özi. Qotil aniq, qurbonlar aniq. Qotillik qaçon röy berişi noma’lum edi, xolos.
Endi böğizlaş sodir bölganinidan söng ekoqömita «qarorni bekor qildirmoqçimiz, tösiqni oldiramiz, 58 daraxt örniga 60 taça daraxt ekdik», deb ötirişibdi. 8 oy qayerda edilaring? Nega kesilgunça indamadilaring?
Daraxtlari kesilgan joyga şoşilinç ravişda tuvaklarda kökartirilgan pavlovniya daoraxtlari ötqazib ham qöyişibdi. Göyoki heç narsa bölmagandek. Göyoki zarar örni qoplangandek.
Avgust oyidagi Çilonzor voqeasidan söng «Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekiş, parvariş qiliş va ulardan foydalaniş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Unda 31 dekabrgaça qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan ötkaziş ta’kidlangan edi.

















