O‘zbekiston | 11:19 / 12.09.2022
13527
2 daqiqa o‘qiladi

14 sentabrdan havo harorati yana ko‘tariladi

Hafta davomida ob-havo iliq va quruq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Volgabo‘yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antitsiklon natijasida 23-28 daraja atrofida bo‘lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. 

Respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublika tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 13 sentabrda kechasi va ertalab sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, havo harorati 10-13 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduzi antitsiklon respublika hududidan chekinishi boshlaydi va havo 28-30 darajagacha isiydi.

14 sentabrdan ish haftasi oxirigacha respublika bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 12-17 daraja iliq, kunduz kunlari 29-34 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid