O‘zbekiston | 09:30 / 13.09.2022
6970
1 daqiqa o‘qiladi

Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lanadi

Qonunchilikka ko‘ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan ko‘p) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lanadi.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ularga ishsizlik nafaqasi to‘lash, qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bunday shaxslarga kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.
 
Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb e’tirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid