Özbek kinosidan bezgan tomoşabin, yulduzli avlod va ulğayiş - Alişer Uzoqov bilan suhbat
|19:20 / 13.09.202237 43011 min
Kimligi haqida berilgan savolga “heç kim” deya javob beradigan kino aktyori, rejissyor, prodyuser, qöşiqçi, şarhlovçi, futbolçi... Rostdan ham, u kim özi? Faoliyati davomida 50 dan ortiq kino va spektakllarda rollar ijro etgan, 10 dan ortiq qöşiqlar kuylagan, 3 yil professional klubda töp tepgan, futbolni maydondan taşqarida ham öynagan Alişer Uzoqov bilan hayoti va faoliyati haqida suhbatlaşdik.
– Alişer Uzoqov hozirda nimalar bilan maşğul?
– «Sevimli» telekanalida faoliyat yurityapman. Kuzatişlarimga köra, özbek kinosi biroz jonlangandek nazarimda. Bunday xulosaga kelişimga sabab bir neçta katta loyihalar va sinov jarayonlarida iştirok etiş uçun takliflar böldi. Ularda iştirok etdim. Şu bilan birga, doimiy izlaniş va öqib-örganiş jarayonidamiz.
– Yaqinda xorijdan keldingiz deb eşitdik...
– Töğri, yaqinda qaytib keldim. Bilasizmi, uzoq yillardan beri qöşiq kuylamay qöygandim. 4-5 ta ijod namunalarini tayyorlab qöygandim, ammo ular könglimga ötirmagani uçun e’lon qilmagan edim. Fikrimça, qöşiqda eng muhim narsa bu – söz. Şu safarga ketişdan oldin köpgina adabiyotlarni izladim. Safarga bir hafta qolganida Şerzodbek ukamiz bilan körişib qoldim. Unga ketişimni, ğoyam borligini, agar işlarim öxşab qolsa, biror qöşiq suratga oliş niyatida ekanimni aytdim. U könglimga ma’qul kelgan musiqani yozayotganda öqib turgan kitobimni yana bir varaqlagandim, izlagan misralarimni topdim. Bu – Haydar Şeroziyning ğazali edi. Uni yaqin orada muxlislar e’tiboriga havola etamiz.
– Siz haqingizda berilgan ta’riflarda 4-5 ta kasbning nomini uçratiş mumkin. Qöşiqçi, aktyor, futbolçi, şarhlovçi... Bu «Ustoz körmagan şogird» iborasiga töğri keladimi yoki «Yigit kişiga qirq hunar oz» maqoligami?
– Qaysidir ma’noda ikkalasiga ham mos tuşadi. Ammo ustozlarim bor. Mahmud aka Raşidov – san’atda öz yölimni topişimda katta hissa qöşgan inson. Valijon aka Umarov – teatrda menga ustozlik qilgan inson.
– Men ma’naviy ustozni nazarda tutgandim.
– Men ustozlarimdan kerakli tahsilni olib böldim. Bu yoğiga öz-özimga ustozlik qilaman desam ham böladi. Suratga tuşgan filmlarim bor. Ammo ularning barçasi ham özim istagandek çiqmagan. «Janob heç kim», «Hayotda», «Tundan tonggaça» kinolari öz talabimga javob bera oladi desam böladi.
– Nima deb öylaysiz, avvallari film va ssenariy tanlamasdan, suratga tuşişga rozi bölganingizning sababi nima? Moddiy manfaatmi?
– Albatta, moddiy jihat ham e’tiborga olinadi. Lekin öşa davr uçun u kinolar ham yomon emas edi. Öz davrida ularning tomoşabini ham köp bölgan. Eng asosiysi, öşa paytdagi kinolar bir tizimga tuşgan va tomoşabin e’tiborini torta olgan edi. Öşa muhitni uşlab qoliş kerak edi nazarimda. Töğri, u filmlar kamçilikdan xoli bölmagan. Ammo bunday paytlarda oqilona qaror qabul qiliş kerak edi deb öylayman.
Mavzuga oid
– Özingiz rol ijro etgan filmlarni tomoşa qilib turasizmi?
– Yöq, umuman körmayman. Hatto premeralarni ham boşidan oxirigaça kuzatmaganman. Kinodagi özim özimga yoqmasa kerak. Ammo özimga yoqiş uçun öynamayman-ku. Kino faqat aktyorning ijrosiga boğliq emas. Bu yerda boşqa faktorlar ham bor.
– Siz sermahsul ijod qilgan davrlarda birvarakayiga bir neçta iste’dodli aktyorlar yetişib çiqdi: Uluğbek, Farrux, Adiz. Hozir esa heç kim yöq. Bunga kim aybdor?
– Hozir bunday aktyorlar yetişib çiqmayotganining sababini ta’limdagi uziliş deb bilaman. Siz sanagan aktyorlar Mannon Uyğur nomidagi Toşkent davlat san’at oliygohida tahsil olişgan. U yerda avval muhit boşqaça edi. Biz öşa oliygohning sönggi qaldirğoçlari edik. Şundan keyin institut boşqa binoga köçdi. Muhit özgarişiga ehtimol şu ham sabab bölgandir.
– Özingizni qanday rollarga loyiq deb bilasiz?
– Dunyodagi eng qiyin rolni öynaşga ham tayyorman. Menga jarayon qiziq. Katta loyihalardan umidim bor. Odamlar köra oladigan kino yaratilsa, jon deb rozi bölar edim. Hozir e’tibor bersangiz, köpçilik yoş aktyorlar qaysidir ma’noda bloger bölib ketyapti. Töğri, hozir zamon şuni taqozo qilyapti. Masalan Rossiyada, Qozoğistonda bu soha juda ham rivojlangan. Ammo ular madaniyatni blogerlarning qöliga topşirib qöymagan. Bizda esa topşirib qöyişdi.
Yuqoridagi sanab ötgan davlatlarimizda ham blogerlarni hamma kuzatadi, lekin ularning teatrlari böşab qolmagan, kinosi rivojlanib boryapti, san’at ijtimoiy tarmoq bilan raqobatlaşa olyapti.
Hozir san’at oliygohini tamomlayotgan yoş ijodkorlar qayoqqa borsin? Teatrgami? Kinogami? Taklifning özi yöq-ku. Nima qiladi? Telefonini oladi-da ijtimoiy tarmoqlarni boyitadi, san’atni emas. Ammo bu yerda asosiy aybdor ular emas. Ularni bir joyda töplab, biror katta loyihaga qöl ursa, gullab-yaşnaydi. Lekin unday loyihalarning özi yöq.
– Şunday loyihalarni özingiz taşkil qilsangiz-çi?
– Bu juda qiyin masala. Birinçi navbatda mablağga borib taqaladi. Şunga qaramasdan kuzatib boryapmiz, niyatimiz yöq emas. Nasib qilganida bu ham bölib qolar. Hozirda iş örganiş, tajriba oşiriş uçun yonimda yurişni sörab murojaat qiladigan şogirdlarim yöq emas.
– Qöşiq ham kuylaysiz. Bu öz-özini kaşf qilişmi yoki çöqqiga intiliş?
– Bu kuraşiş degan bölar edim. Oxirgi kuylagan qöşiğim bu «Ötgusidur» böldi. U insonni tafakkur qilişga, ötgan kuni haqida muşohada qilişga çorlaydi. Dastavval eşitganda bu qöşiqning sözlarini tuşunmasligi mumkin. Ammo ikki-uç bor eşita boşlasa, unda fikrlaş jarayoni oşadi.
Qöşiğimning tomoşabini hozirgi davr kliplari singari köp emas. Menga mingta emas, bitta bölsa ham yetadi. Öşa bitta Haydar Şeroziyning satrlarini tuşunib yetgan bölsa böldi. Millionta odamni zaharlagandan köra, bitta odamning tafakkurini oşirişni ma’qul köraman. Qölimdan boşqa narsa kelmaydi. Katta-katta filmlarni suratga oliş uçun yiğib qöygan mablağim yöq. Har uç oyda şunaqa kliplar olişga ham imkonim yöq.
– 5-6 yil davomida köp sohalarda özingizni sinab kördingiz: qöşiq aytdingiz, xorijga çiqib, bir neçta kompaniyalarning yuziga aylandingiz, futbol şarhladingiz. Lekin hozir özingiz aytayotgan yuqori darajali ma’naviy muhitga yetiş uçun ekran qiyofasidan voz keçişingiz ham mumkin edi-ku.
– Ba’zan oqimdan çetga çiqib, atrofni bir kuzatiş ham juda katta foyda beradi. Şu yillar mobaynida menda şunaqa holat böldi. Özimning qayerga qarab ketayotganim, yölim töğri yoki notöğriligini aniqlab olişga imkonim böldi.
– Siz orada futbol şarhlovçisi ham böldingiz. Qöpol qilib aytganda, aktyorlikda eşitmagan tanqidlarni ham şu jarayonda eşitgansiz adaşmasam. Nega ketdingiz bu sohadan. Bu siz uçun emas ekanmi?
– Hozirgaça futbol şarhiga qaytişimni söraşadi. Haligaça taklif qilişadi. Men bu sohadan soğligim kötarmagani uçun ketdim. Italiya A seriyasining öyini paytida mazam qoçib, töğri reanimatsiyaga tuşgan paytim ham bölgan. Men boşqa şarhlovçilar singari dam olib, atay şu öyinga tayyorgarlik körib kela olmasdim. Kunduzi syomkalar va boşqa tadbirlarda yurardik. Bundan taşqari, odamlar meni şarhlovçi emas, aktyor sifatida qabul qilib bölişgan edi.
Meni köplar şarhlovçi sifatida qabul qila olmagan, lekin aktyorligim bu yerda iş bergan. Bir marta xorijiy maşhur insonlardan birini studiyaga olib kelib, şarhlovçilarni taniştirişgan va öşa yerda men ham bor edim. “Bu oramizdagi yoş yigit endi iş boşladi, asli sohasi aktyor”, deb aytişganda, u: “Haqiqiy şarhlovçi aktyor bölişi kerak. Sababi şarhlovçilarni tayyorlaydigan oliygoh yöq. Ular asosan san’at oliygohida tahsil oladi”, deb aytgan edi.
Kinolarimni körmasam ham, şarhlarimni eşitar edim. Şarhlovçilikni özim yaxşi körganim uçun qildim. Bu qölimdan kelişiga işonganman va hozir ham işonaman. Töğri, menda ham kamçiliklar yöq emas, çunki endi boşlagandim bu sohani. Hayrulla akam (Hamidov – tahr.) ham dastlab boşlaganlarida qança gaplar eşitişgan. Davron (Fayziyev – tahr.) ham birdaniga Davron bölmagan. Ular yillar davomida şakllanişdi. Nima bölgan taqdirda ham şarhlovçilikka qaytişim qiyin.
– Orada futbolda ham özingizni sinab kördingiz. Nega?
– Bu orzum edi. Menga imkoniyat berildi. Nega foydalanmasligim kerak? Men yoşligimdan qiziqqanman bunga. Futbolçi degan hujjatim ham bor. Bu kelajakdagi rejalarimga ham qaysidir ma’noda turtki bölmoqda.
Albatta, zör öyinçi bölganman deb ayta olmayman. Lekin maşğulotlarga doim qatnaşib turar edim. Klubimiz yopilib ketdi, meni heç kim transfer qilmadi va futbolni tark etdim. Klubim uçun ham meni tarkibga oliş qaysidir ma’noda piar bölgan desam böladi. Lekin bir mavsumda jamoam 11 ta gol urgan bölsa, öşalarning bittasiga men mualliflik qilganman. Bu birinçi va oxirgi urgan golim bölgan. Yana bir marta gol urganman, ammo uni hisoblaşmagan. (kuladi)
– Ma’murjon Uzoqovning avlodisiz. Siz özingizda ana şu mas’uliyatni bajara olyapman deb öylaysizmi?
– Mening bobom singari ovozim yöq. Ular kabi qöşiq kuylay olmayman. Ular uçun eng töğri qilgan işim – qöşiqlarini qayta kuylamaganim deb bilaman. Kuylamayman ham. Kuylay olmaganman ham. Ammo özbek musiqa san’atiga özimni biroz hissamni qöşib kelmoqdaman.
Töliq suhbatni videoda tomoşa qiling.
Bobur Akmalov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhiddin Nido.