Kino, teatr va dublyajdagi oltin davrlar, Amerikadagi hayot - aktyor Behzod Muhammadkarimov bilan suhbat
|20:40 / 18.06.202127 73212 min
Özbek teatri, kinosi va dublyaj san'ati hozirgi kunda özining eng yaxşi davrlarini boşdan keçirmayotgani ayon. Özi va atrofidagilarni özgariş va özgartirişga intiladigan aktyorlar, teatr fidoyilari sanoqli. Kun.uz ana şunday jonkuyar insonlardan biri, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Behzod Muhammadkarimov bilan suhbat taşkil etdi.
Suhbat davomida taniqli aktyor öz hayot va ijod yöli, dublyaj va teatrda ötgan oltin davrlari bir muddat san'atdan ketişi, Amerikada ötgan hayoti, dublyajning keça va buguni mulohazalari haqida gapirib berdi.
Özbek teatrining bugungi holati
— Hozirda pandemiya sababli teatr karantinga yopilgan. Teatr binosida [Özbek milliy akademik drama teatri nazarda tutilmoqda – tahr.] tomoşalar körsata olmasak-da, gastrol tadbirlarda qatnaşib turibmiz. Kino va seriallardagi s'yomkalar, dublyajdagi işlarimiz har doimgidek davom etyapti.
Bugungi internet zamoni, telekanallar orqali istalgan va qiziqtirgan filmlar, teatr tomoşalari va boşqa körsatuvlarni topib olib köriş mumkin. Şu ma'noda ba'zida teatrning davri ötib qoldimikan degan öy-fikrlarga ham boraman. Lekin teatr kassasi oldida biletga navbatga turişganda, zalda töplangan odamlarni körganda könglim joyiga tuşadiki, teatrning ham öz muxlislari, öz tomoşabinlari bor. Çunki tomoşabin aktyorga quvvat beradi, şuning öziyoq mehnatimiz bekor ketmayotganini körsatadi, ijodkor kuçiga kuç qöşadi.
San'at va teatr
— Teatr şunday hodisaki, u bir tomondan televideniyening serial va kinolari, tanqidiy yoki köngiloçar körsatuvlari kabi turli janrda böladi: tragediya, drama, komediya, melodrama – har kim öz qiziqişidan kelib çiqib ulardan birini tanlab köradi.
Ikkinçi tomondan, har bir sahnalaştirilgan asar mohiyatida tarbiya yotadi, uni sahnada ijro etiş orqali ham madaniy ozuqa beriş, ham estetik zavqlantiriş yoki kuldiriş mumkin. Janrlariga qarab asarlar muallifning dolzarb deb bilgan ğoyasini körsatib beriş yoki tomoşabinni dam oldiriş uçun qöyiladi. Çunki hamma ham katta asarlarni hazm qilolmaydi.
Ba'zida taşkilotlar tomonidan biletlari sotib olingan xodimlar tomoşabin bölib keladi, ular bilet bölgani uçun keladi, lekin öşa kungi spektakl ularni qiziqtirmaydigan janr bölsa birdan bilinadi. Sahnadagi aktyor va zaldagi tomoşabin örtasida boğliqlikni his qilib turamiz. Aktyor tomoşabinga qaramasa ham uning nafas olişi spektakl qanday ketayotganini bildiradi.
Aktyor va improvizatsiya
Mavzuga oid
— Improvizatsiya aslida tomoşabinni tortib oliş uçun emas, spektakl payti şunga mos yaxşi bir fikr, söz kelib qolsa, şunda ham tomoşa saviyasini kötaradigan bölsa, qöllanadi. Lekin bu doim ham kelavermaydi. Bundan taşqari, kutilmagan holatlarda ham vaziyatdan çiqiş uçun improvizatsiya qilinadi. Masalan, sahnaga çiqişi kerak bölgan aktyor keçikib qoldi, şu payt sahnadagi aktyor nimadir qilib improvizatsiya bilan vaziyatdan çiqişi kerak. Yoki şerigining sözi kelmay qolsa, improvizatsiya qöllab ketadi.
Janrga qarab improvizatsiya köpinça hajviy spektakllarda köproq qöllanadi, bu janr improvizatsiyani kötaradi. Lekin jiddiy spektakl qöyilayotgan bölsa va ustiga ustak şe'riy asarlar bölsa bu yerda improvizatsiya qiyin masala.
Kino: keça va bugun
— Mamlakat hayotida, xususan san'at dunyosida bölayotgan voqealar ham barça odamlar qatori aktyorlik kasbini tutgan inson hayotida muhim öringa ega. Keyin hamma sohaning ham yuksalgan yoki pasaygan davri, ikkinçi darajali işga aylanib qolgan payti böladi.
Ma'lumki, kinolar avval plyonkada olinardi va bunga katta mablağ sarflanardi. Umuman olganda, kinoga bölgan munosabat ham boşqaça edi. Hozir esa qöpol bölsayam telefonda ham kino olinyapti. Kimlardir bekor yurgandan köra kinoda omadimni sinab köray deb kino olayotgandek, sohaga aloqasi yöq odamlar rol öynayapti.
Kino suratga oliş ittifoq davrida juda qimmatga tuşardi, buni tan oliş kerak. Raqamlarda aytadigan bölsam, öşa paytda örtaça film oliş uçun boşidan oxirigaça taxminan 400-500 ming rubl ketardi, öşa pulning qiymati, qadri hozirgi 10 mln AQŞ dollariga töğri kelsa kerak. Hozirgi kabi unça-munça odamning kino olişga qurbi yetmasdi. Katta-katta korporatsiyalar yoki davlat tomonidan mablağ ajratilardi. Qiyinçilik davrlari kelgan mustaqillikning ilk yillarida kinoga pul ajratilmay qoldi.
Ötiş davri muammolari sabab madaniyat va san'atga e'tibor kamaydi. Bir paytlar odamlar gavjum, hayot qaynagan taşkilot bölgan Özbekfilm qabristonni eslatadigan holatga kelib qolgandi. Inflatsiya sabab teatr va dublyajda beriladigan oyliklarimiz yölkiraga ham yetmay qoldi.
Teatrga kelib yuradigan odamlarda ham undan köra uyimga 2 kilo kartoşka olib bora qolay degan darajaga kelgandi öşa vaqtlar.
Bir söz bilan aytganda, soha orqaga ketdi. Yurt köriş, moliyaviy tomondan yaxşiroq şaroitga ega böliş uçun Amerikaga ketişga qaror qildim.
«Qismat» – tomoşabinini topmagan film
— Amerikaga ketiş oson emas, buni köpçilik yaxşi biladi, lekin menda öşa paytlar imkoniyat paydo bölib qoldi. Amerika bilan hamkorlikda «Qismat» nomli film suratga olinganda viza berilgandi, keyinçalik öşa vizamdan foydalanib körmoqçi böldim.
Film haqida qisqaça gapirsam, bu filmni xalq körmadi. Panoramadagi premeradan keyin kino taqiqqa uçradi. Film real voqealarga asoslanib suratga olingan, qahramonning esa prototipi bor edi. Öşa vaqtda Özbekiston havo yöllarining rahbari edi. U işdan olingandan söng film ham tomoşabinlarga yetib bormadi.
Filmga maşhur «Boeing» kompaniyasi ham homiylik qilgan, filmga ketadigan plyonkani olib berişgan. Bir metr plyonka 3 rubl, bitta filmga 10 ming metr plyonka kerak böladi.
S'yomka jarayonlarida biz Amerikada «Boeing»ning samolyot yiğiladigan sexida suratga oliş işlarini olib borganmiz. Öşa yili «Boeing»dan 6 ta samolyot xarid qilganimiz uçun Özbekiston havo yöllariga özgaça hurmat bilan qaraşar ekan, biz uçib borganimizda martabali mehmon sifatida kutib olişgan. Ba'zi sahnalari samolyot havoda bölgan, uçayotgan paytda ham olingan. Xullas öşa film sabab vizali bölib qolgandik.
Şaytanat serialining uçinçi mavsumini suratga olganimizdan söng s'yomka töxtadi deyişdi. Men esa vizamdan foydalanay deb Amerikaga ketdim va taqdir taqozosi bilan 9 yil qolib ketdim.
Amerikadagi hayot
— Begona yurt, begona odamlar, tanişim körib qoladi degan istihola yöq, qöldan kelgan işni qilib ketardim. Texnika hali bu darajada emas, uydagilar bilan gaplaşiş maqsadida kartoçka sotib olardim. Kelib-ketişga ham imkon qilolmadim.
Şu yillar içida viza muddatim tugab bölganini bilmay qolganman, viza rejimini buzib qöyganim uçun Özbekistonga kelib-ketiş imkoniyati yöq edi, kelsam qaytib borolmasdim. Çunki qonunçilikka köra, migrant vizasi muddatidan bir soniya ötib ketsa ham qonunni buzgan hisoblanadi. Şu sababli oldimga qöygan maqsadlar, moliyaviy masalalarimni bajarmagunça qaytişni xohlamadim.
Yuqorida aytganimdek, qölimdan keladigan iş borki, qilib ketaverardim: qurilişda, mehmonxonada, supermarketlarda işladim, pitssa ham taşidim, restoranlarda ofitsiantlikdan tortib, oşpazlik ham qildim. Amerikada 9 yil davomida yaşagan bölsam, özim uçun köp tajribalar, hayotiy xulosalar oldim.
Amerika hayotingizga nima berdi desangiz, musofirlikni kördim. Undan oldin ba'zi s'yomkalarga sal uzoqroq qolib ketsak yoki armiya xizmatida ötkazgan ikki yilni özimizça musofirlik deb yurgan ekanmizda degan xulosalarga kelardim. Hatto armiyada ham yotadigan joy tayin, har mahal yeydigan ovqat böladi, sizga rahbar bölgan odamlar bor.
Amerikada ötkazgan 9 yilim mobaynida amin böldimki, çet davlatda işlaş haqiqiy musofirlik.
Aktyorlik kasbida bu kabi qiyinçilik foydadan xoli emas.
Amerikada 9 yil yöqotgan bölsam-da, men körgan narsani unça-munça odam körmagan, bu tajriba keyingi öynaydigan rollarimda qöl keladi. Hayotiy tajriba aktyorni boyitadi, dunyoqaraşini oşiradi. Ingliz tilini bilganim dublyajda ham qöl kelib turadi, ovoz berayotgan odamim nima deyotganini bilib turaman.
Professional sinxron dublyaj va bugungi tarjimalar
— Özbek dublyaji professional bölgan davrlarda men ham işlaganman, men ham öşa sinxron professional dublyajdan çiqqanman. Nega bu darajada sifat va saviya tuşib ketdi – zamonning taqozosi böldi.
Yuqorida film olişga 500 ming rubl ketardi dedim, dublyajga ham xuddi şunday katta mablağ sarflanardi. Bitta film 15-20 kun deganda ovozlaştirişdan çiqarilardi, hozir esa bir soatlik filmni bir soatda tayyor qilyapmiz.
Dublyaj aktyori öqiydigan matn aktyor qöliga kelguniça 3 qöldan ötardi: tarjimon, muharrir, lablaştiruvçi. Tarjimon ma'nosini tarjima qiladi, muharrir xatolarini töğrilasa, oxirida lablaştirişda özbekça matn va ekranda gapiruvçining oğzi oçilib-yopilişi, unli bilan tugayaptimi, undoş bilanmi, töğri kelmasa öşa joyga sinonim sözni topib qöyardi. Böğinlarni joylaştirardi, asliyatda neçta böğin bölsa, dublyajda ham şunday bölişi kerak.
Hozir esa tarjimonning qölidan öqiydigan matnimizni töğridan töğri olyapmiz. Gohida sözlarimiz uzunlik qiladi, gohida yetmay qoladi.
Avval iş haqimiz kunbay hisoblanardi, hozir esa işbay, qança tez bu işni tugatib, keyingisiga ulguriş degan tuşunça böladi. Kunbay bölgandan keyin iş köngildagidek çiqmagunça qayta-qayta repetitsiya qilinaverardi. Avval tanlov ham katta bölardi, aktyorlar tanlab olinardi. Hozir esa nari borsa 15-20 nafar dublyaj aktyori bor. Keyin faqat bir aktyor bitta kişiga ovoz berardi, endi butun boşli film 4-5 aktyorga bölib beriladi, 3-4tadan 20tagaça rolga ovoz berişga töğri keladi.
Har bir qahramonning xarakteri, yoşi va boşqa xususiyatlariga mos ovoz bölişi kerak, Taqvim şunçalar tiğizki, efirga ketişi kerak bölgan qismning tarjimasi öşa kuni tayyor böladi, dublyaj qilinadi va efirga uzatiladi. Tarjimani olib repetitsiya qilişga ham vaqt bölmay qoladi. Tarjima qölingizga keldimi, olib öqib ketasiz. Şu ma'noda bugungi dublyaj qiyin, hozirgi iş miya uçun bosim xolos.
Bundan taşqari, gonorar narxi avval juda baland bölgan. Öşa davrlarni eslab bitta filmning dublyaji gonorariga sunnat töyi ötkazganini aytişadi. Bugun ham birorta kanal xuddi öşanday şaroit, imkoniyat va gonorar tölasa, öşa eski davrdagi kabi sinxron professional dublyaj qilib bera olamiz deb ayta olaman.
Professional dublyaj nuqtayi nazaridan qaraganda, bugungi işimiz dublyaj emas, kadr ortidan qilib turilgan tarjima desa böladi. Dublyaj öz nomi bilan filmning ikkinçi nusxasi bölişi kerak. Aktyor yiğlasa yiğlaşi, kulsa kulişi, barça hissiyotlari mimikasini oçib bera olişi talab qilinadi, bugungi işlarimizda bu narsa töla amalga oşyapti deb bölmaydi.
Bobur Akmalov suhbatlaşdi.
Tasvirçi: Muhiddin Nido
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi