Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi, voqea oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Foto: FVB matbuot xizmati
Bugun, 13 sentabr kuni soat 06:10 larda Yangihayot tumani «Chorbog‘» MFYda joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in joyiga soat 06:14 da yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib borgan va soat 06:27 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kvadrat metr maydonda yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati oqibatida halok bo‘lgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026
Yunusobodda shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
08:34 / 16.03.2026