Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablar har 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda attestatsiyadan o‘tkaziladi
“Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va monitoringdan o‘tkazishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va monitoringdan o‘tkazishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab:
a) umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari har 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda, muddatdan oldin esa shartnoma asosida attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;
b) faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari amaldagi akkreditatsiya sertifikati muddati tugaganidan so‘ng 11 yil muddatga, yangi tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari ular tashkil etilgan paytdan boshlab (belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan boshlab) 11 yil muddatga attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;
v) davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringi joriy etilishi, monitoring natijalariga ko‘ra ta’lim sifatida pasayish kuzatilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati alohida rejaga muvofiq joyiga chiqqan holda o‘rganiladi hamda uning natijasi bo‘yicha faoliyat samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi;
g) uzluksiz uch yil davomida faoliyat samaradorligi darajasi yuqori bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar tashkil etishga 3 yil muddatga moratoriy joriy qilinadi (potensial korrupsiogen holatlar bundan mustasno).
Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi va muddatlari;
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifatini monitoring qilish indikatorlari va baholash mezonlari;
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifatini monitoring qilish natijalariga asosan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va qo‘llaniladigan ta’sir choralari.
2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasi asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi;
- xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish uchun davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ichki baholash har yili kamida bir marta amalga oshiriladi;
- ta’lim tashkilotlari davlat akkreditatsiyasidan o‘tgani to‘g‘risida sertifikat qog‘oz shakli bekor qilinib, QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatni onlayn generatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2023 yil 1 yanvarga qadar:
- ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini qayta ko‘rib chiqib soddalashtiradi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
- ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida to‘plangan ma’lumotlar va materiallarni onlayn tarzda olish va yuborish imkonini beradigan akkreditatsiya platformasini ishga tushiradi.
Tizimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar) hokimliklari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyat samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xarita”sida belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
22:49 / 30.05.2026