Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Putinning ketishini talab qilgan deputatlar kengashini tarqatib yuborishni ma’qulladi
Sankt-Peterburg prokuraturasi «Smolninskoye» munitsipal tuzilmasi deputatlari kengashini 2021 yilda tarqatib yuborishga ruxsat berishni talab qilgandi, ammo sud mundeplarning Vladimir Putinni iste’foga chiqishga chaqirgan murojaatidan keyingina so‘rovni qanoatlantirdi.
Sankt-Peterburgning Smolninskiy tuman sudi shahar prokuraturasining «Smolninskoye» munitsipal tuzilmasi (MT) kengashi deputatlarini tarqatib yuborish imkoniyati haqidagi talabini qanoatlantirdi, deb xabar berdi munitsipal deputat Nikita Yuferev 13 sentabr, seshanba kuni «Fontanka» nashriga. «Bu sud qarori gubernatorga munitsipal kengashni tarqatib yuborish imkoniyatini beradi. Lekin biz qarorga e’tiroz bildiramiz, u kechiktiriladi», - deya ta’kidladi Yuferev.
Shahar prokuraturasi munitsipal kengash uch oy davomida faoliyat ko‘rsatmayotganini asos qilib, bir yildan ko‘proq vaqt oldin — 2021 yil iyul oyida uni tarqatib yuborishga ruxsat berish talabi bilan murojaat qilgandi. «Fontanka»ning yozishicha, bunga kengash rahbari Grigoriy Rankovning betobligi sabab bo‘lgan.
«Faqat muxolifat deputatlari Davlat dumasidan prezident Vladimir Putinga impichment e’lon qilishni so‘rashga qaror qilgandan keyingina ish oldinga siljidi», deb ta’kidlaydi nashr.
7 sentabr kuni Sankt-Peterburg «Smolninskoye» munitsipaliteti deputatlar kengashi Putinni davlatga xiyonat qilgani uchun lavozimidan chetlatish chaqirig‘i bilan Davlat dumasiga murojaat yuborishga qaror qildi. Ular prezidentning qarorlari oqibatlarini buning alomatlari deb atashgan: Rossiya armiyasi bo‘linmalarining yo‘q qilinishi, Rossiyaning yosh va mehnatga layoqatli fuqarolarining o‘limi va jarohati, Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazish va NATOning kengayishi, shuningdek, Ukraina armiyasining zamonaviy G‘arb qurol-aslahalari bilan jihozlanishi, bu - uning «demilitarizatsiya» maqsadiga ziddir.
Keyinroq Moskva va Sankt-Peterburgning 18 okrugidagi munitsipal deputatlar chaqiriqqa qo‘shildi. 12 sentabr kuni ularning Putin iste’fosini talab qilgan petitsiyasi e’lon qilindi, 14 sentabrga qadar 60 dan ortiq munitsipal deputatlar uni imzoladi.
Tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan Sankt-Peterburg munitsipalitet deputatlaridan biri Nikita Yuferevning aytishicha, 8 sentabr kuni unga va «Smolninskoye» munitsipalitetining boshqa deputatlariga politsiyadan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Ularga nisbatan Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha protokollar tuzildi.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026