Rossiya mudofaa vazirligi Xarkivdagi vaziyatni «qöşinlarni qisqartiriş va Izyum-Bakaliya guruhi kuçlarini köçiriş» deb atadi hamda buni «çalğituvçi harakatlarning bir qismi» deya tasnifladi.
Agar bu bayonot jiddiy qabul qilinsa, Rossiya qöşinlari bunday «çalğitiş» kampaniyasi doirasida Izyumda butun bir tank rotasi, dronlar komplekti, noyob razvedka stansiyasi va uning hujjatlarini Ukraina qurolli kuçlariga taşlab ketgan.
Ukraina armiyasi Xarkivda qanday «öljalar»ga ega çiqdi?

«Butun birlaşgan armiyaning zaxira qismlari Izyumda joylaşgani sababli, bu yerda qölga kiritilgan texnikalar oldingilaridan texnologik jihatdan ança ilğorroq», — deydi harbiy tarixçi va publitsist Mixail Jiroxov BBC naşri bilan suhbatda.
Birlaşgan armiya mustaqil ravişda ham, yirik tuzilmalarning bir qismi sifatida ham turli harbiy amaliyotlarni mustaqil ötkaziş uçun möljallangan (masalan, Ikkinçi jahon uruşi frontlaridagi kabi), şuning uçun u odatda öz texnikaviy mustaqilligini ta’minlaş uçun keng turdagi harbiy texnikaga ega bölgan.
Rossiya armiyasining «Izyum-Balakliya guruhi» ham şu turdagi tuzilma bölib, turli hisob-kitoblarga köra, u bir neçta batalon-taktik bölinmalaridan taşkil topgan va undagi askarlar soni 10 mingdan köproq bölgan. Uning asosiy texnikalari Izyumda joylaşgandi.
Aynan şu sababdan, Ukraina qurolli kuçlari tomonidan Izyumda qölga kiritilgan rus harbiy texnikasining miqdori juda köp va ular odatda qöşin orqasiga joylaştiriluvçi noyob va yangi modellardir.
Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida hatto «Rossiya lend-lizi» (Ikkinçi jahon uruşi davrida AQŞ SSSRga şu dastur doirasida qurol-yaroğ yetkazib bergan) haqidagi memlar ham paydo böldi. Bunga sabab, Ukraina harbiylari tomonidan qölga kiritilgan harbiy uskunalar şunçalik köpki, bu Rossiyaga qarşi kuraşiş uçun Ğarb davlatlari Ukrainaga yuborgan qurollar paketiga öxşaydi.

«Orlan-10 dronlari töplami, uning boşqariş stansiyasi va hujjatlari Ukraina harbiylari qöliga ötganini muvaffaqiyat deb aytiş mumkin. Dronlarga qarşi kuraşiş tizimlarini işlab çiqiş böyiça mutaxassislar uçun bu haqiqiy sovğadir», — deydi Mixail Jiroxov.
«Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari kuzatuv va aloqa tizimlarining harbiy majmualari, xususan, PSNR-8R razvedka majmuasini (artilleriya qurollariga qarşi) qölga kiritdi», — deya qöşimça qiladi u.
Şu bilan birga, hozirda Ukraina armiyasi tomonidan qölga kiritilgan rus harbiy texnikalari asosan bu uruş uçun standart turdagi qurollar — turli modifikatsiyadagi T-72 va T-80 tanklaridan iboratdir.
Qiziq tomoni – taşlab ketilgan texnikalar orasida modernizatsiya qilingan öziyurar gaubitsa «Msta-S» (1976 yilda işlab çiqarilgan) va hatto öziyurar minomyot «Nona-SPK» (1981 yilda işlab çiqarilgan) ham mavjud», — deya qayd etadi tahlilçi.

«Qölga kiritilgan havo hujumidan himoya texnikalariga ‘Osa-AKMʼ zenit-raketa tizimini taşiş uçun möljallangan yuk maşinasi va asosiysi, uşbu majmua uçun raketalar kiradi», — degan Jiroxov.
U şuningdek Ukraina qurolli kuçlari juda köp öq-dorilar zaxirasi qölga kiritgani, ularning miqdori kamida ön ming tonnani taşkil qilişini aytgan.
Quyida Ukraina qurolli kuçlari qölga kiritgan bir neça harbiy texnikalar va ular haqida kengroq ma’lumotlar keltiriladi.
«Kantemirov» tank diviziyasi

Izyumdagi taşlab ketilgan köplab rus tanklarining fotosuratlari Rossiya qöşini ketişni deyarli rejalaştirmagani, çekiniş öta şoşilinç tarzda röy berganining yorqin dalillaridan biridir.
Izyum hududida önlab taşlab ketilgan tank va zirhli texnika vositalari bir joydan topilgan. Bunday joylar hali yana köplab topilişi mumkin.
Önta tank — bu tank rotasi, mexanizatsiyalaşgan yoki tank brigadalarining töliq taktik birligi.

Harbiy kuzatuvçi Kirill Danilçenkoning sözlariga köra, gap Ukrainaga bostirib kirişdan oldin Rossiya armiyasidagi elita bölinmalaridan biri hisoblangan «Kantemirov» 4-tank diviziyasiga tegişli bölgan, modernizatsiya qilingan T-80BV tanklari haqida bormoqda.
«Yoki ularning yonilğisi tugagan yoki unga ötiradigan heç kim topilmagan», — deya izoh beradi Danilçenko.
T-80 tanklari —Ukraina armiyasida xizmat qilgan va hozir ham işlatilayotgan tank. Qölga kiritilgan uşbu tanklar, ehtimol, yaqin kelajakda Ukraina qurolli kuçlarining mexanizatsiyalaşgan yoki tank brigadalaridan biriga qöşiladi.
Öziyurar artilleriya qurilmalari

Tanklardan taşqari Ukraina qurolli kuçlari harbiy texnikasi parki öziyurar artilleriya qurilmalari bilan ham töldirildi.
152 mm kalibrli öziyurar artilleriya qurilmalari sonidagi ustunlik ruslarga Donbassda muvaffaqiyatli hujumga ötiş va Luhansk viloyatini egallaş imkonini bergan edi.
Mantiqan ularning köpçiligi Xarkivda joylaşgani töğri va ular hozirda Ukraina harbiylari qöliga ötgan.
«Yangi sovğa — 2C19 ‘Msta-Sʼ 152 mm kalibrli öziyurar artilleriya qurilmasi. Rus okkupantlari «Biz özimiznikilarni taşlab ketmaymiz» deydi. Amalda bizning askarlar bilan töqnaş kelişganda quroldoşlarini ham, harbiy texnikalarini ham taşlab, qoçib ketişadi», — deydi Ukraina havo kuçlari 25-brigadasi askari.

Harbiy muxbir va «Tsenzor.Net» sayti muharriri Yuriy Butusov rus qöşinlaridan ozod qilingan Kupyanskda yana bir öziyurar artilleriya qurilmasi — «Akatsiya» taşlab ketilganini yozgan.

«Öziyurar artilleriya qurilmasi «Akatsiya» Kupyanskda. U xoçlar bilan böyalgan (Xarkiv viloyatida qarşi hujum ötgan Ukraina bölinmalarining öziga xos belgisi), ammo u aniq Ukraina qurollari kuçlariniki emas. Bu ölja», — degan Yuriy Butusov.
Gap şundaki, 2014 yildan beri (Rossiya Qrimni bosib olgan yil) Ukrainadagi artilleriya omborlarida sodir bölgan köplab yonğinlardan söng Ukraina qurolli kuçlarida 152 millimetrli snaryadlar yetişmasligi muammosi paydo böldi va Rossiya bosqinining dastlabki oylarida qolgan snaryadlar ham deyarli töliq işlatib bölindi. Hozirda Ukraina armiyasi asosan 155 mm kalibrli NATO snaryadlaridan foydalanadi.
Şu sababli, Ukraina qurolli kuçlari Xarkivda qölga kiritgan Rossiyaning öziyurar artilleriya qurilmalarini frontda qanday işlatişi haqidagi savol oçiqligiça qolmoqda. Biroq qölga kiritilgan öq-dorilar hisobga olinsa, oldingi çiziqda kamida bir neçta artilleriya bölinmalar paydo bölişi mumkin.
«Tor-M1» zenit-raketa tizimi

Balakliya şahari yaqinida ukrainalik askarlar «Tor-M1» zenit-raketa tizimini (ZRT) «topib olgan».
Bu Ukraina qölga kiritgan öljalar orasida yangilik emas. Oryx naşri kuzatuvçilari ma’lumotlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari allaqaçon turli modifikatsiyadagi kamida törtta şunday kompleksni qölga kiritgan.
«Tor» ZRT — bu diviziya darajasida havo mudofaasi va raketaga qarşi mudofaa vazifalarini bajarişga möljallangan, har qanday ob-havoga moslaşgan taktik zenit-raketa tizimi. «Tor-M1» ZRT 1991 yilda foydalanişga topşirilgan modifikatsiya», — deb yozadi Ukrainaning «Voyenniy portal» naşri.
Rossiya harbiylari bu turdagi tizimlardan ba’zi harbiy kemalarining havo mudofaasi uçun foydalanadi. Şu turdagi kompleks «Bayroqdor» droni tomonidan yöq qilingan Ilon (Zmeiniy) oroliga ham örnatilgandi.
«Tor» Ukraina armiyasida ham işlatiladi va şu bois uni Ukraina zenit-raketa tizimlariga moslaştirişda heç qanday muammo bölmaydi.
Razvedka stansiyasi

Mixail Jiroxov tilga olgan PSNR-8R — bu «Kredo-M1» portativ yer usti razvedka stansiyasidir. U artilleriyaning nişonga oliş samaradorligini sezilarli darajada oşirişga imkon beruvçi sönggi rus razvedka tizimlaridan biri.
2020 yilda InformNapalm hamjamiyati Ukraina qurolli kuçlarining 24-brigadasi Donbascda şunday stansiyani yöq qilgani haqida xabar bergandi.
Ammo ukrainalik harbiylar Kredo-M1’ni qölga kiritişga muvaffaq bölgani yoki yöqligi hozirça noma’lum. Bu tarixda birinçi marta yuz bergan bölişi mumkin.
Razvedka stansiyalari kamyob va yuqori texnologiyali uskunalar bölib, ularni tegişli yöriqnoma-hujjatisiz örganiş juda qiyin, şu bois, Ukraina qurolli kuçlariga uşbu öljani özlaştiriş uçun vaqt kerak böladi.
«Zoopark 1-M»

Ukraina askarlari Xarkivda raketa va artilleriya qurollari pozitsiyalarini aniqlovçi yana bir yuqori texnologiyali razvedka tizimi — «Zoopark 1-M»ni ham qölga kiritgan.
«Uşbu tizim minomyot, artilleriya va birvarakayiga öq uzuvçi tizimlarining öq uziş pozitsiyalari, taktik raketalarni uçiriş nuqtalari va özi kabi öq otiş (uçiriş) yöli bilan razvedka qiluvçi uskunalarni aniqlaş uçun möljallangan», deb yozadi Ukrainaning Defense Express naşri kuzatuvçilari.
Uning qölga kiritilgani ukrainalik jangçilardan birining videosidan ma’lum böldi. Videoda u va uning şerigi taşlab ketilgan Rossiya stansiyasiga yaqinlaşib, mina detektori yordamida yölni tekşirayotgani tasvirlangan.

Defense Express xabariga köra, bu Rossiya bosqinining boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari tomonidan qölga kiritilgan ikkinçi «Zoopark» kompleksi. Birinçisi ukrainalik jangçilar tomonidan mart oyida qölga kiritilgandi.
Radar razvedka tizimining faqat bir qismi bölgani sababli, ukrainalik harbiylar undan foydalana olişi qiyin. Biroq «Zoopark»ning yuqori texnologiyasi va narxini hisobga olgan holda, uni Xarkiv viloyatida qölga kiritilgan eng qimmatli öljalardan biri deya taxmin qiliş mumkin.
Rossiya artilleriyasining «közi»

Biroq Xarkivda qölga kirilgan öljalardan boşqa biri rezonansga sabab böldi. Bu Rossiyaning «Orlan-10» dronlari töplami.
Bu Ukraina harbiylari tomonidan «Orlan-10»ning barça tarkibiy qismlari bilan qölga kiritilgani haqidagi birinçi xabar.

«Orlan»lar zamonaviy rus artilleriyasi uçun muhim yordamçi hisoblanadi. Ular «Msta-S» va boşqa rus öziyurar artilleriya qurollarining birlaştirilgan «közlari» bölib, artilleriyaçilarga real vaqt rejimida frontdagi nişonlarni möljalga oliş va «olovli tösiq» yaratiş imkonini beradi.
Uşbu dronlarni yasaşda arzon va sanksiyalarga tuşmagan köplab fuqarolik komponentlaridan (masalan, optikadan) foydalanişi sababli, Rossiya bunday qurilmalarni katta miqdorda işlab çiqargan va işlab çiqarişda davom etmoqda. Ular rus armiyasining front çiziğini deyarli keça-yu kunduz kuzatişini ta’minlaydi.
Şu bilan birga, «Orlan-10» narxi ularni urib tuşiradigan zenit qurollarinikidan ança past. «Orlan»larning soni köpligi hisobga olinsa, bu muammo Ukraina qurolli kuçlari uçun yanada ahamiyatliroqdir.
Şu sababli, hujjatlarga kiriş, çastotalar haqida ma’lumot, kodlaşlar, uşbu rus dronining Ukraina armiyasi uçun harakatlar protokollari Ukraina uçun juda muhim hisoblanadi. Uning elektron uruş va elektron razvedka bölimlari 2014 yildan beri birinçi marta qölga kiritildi.
Yangi tankka qarşi mina
Ukrainaliklar qölga kiritgan texnikalar orasida eng sönggi turdagi tankka qarşi PTKM-1R minalar töplami ham bor.

Rossiya bu turdagi minalardan foydalanişi 2022 yilning may oyida ular taşlab çiqib ketgan Kiyev viloyatida uşbu turdagi minalar topilganidan keyingina ma’lum böldi.
PTKM-1R ança murakkab işlaş texnologiyasiga ega va u özi örnatilgan yerda harakatlanayotgan zirhli transport vositalarining yuqori yarim şariga zarba beradi.
Texnika minaga 50 metrgaça masofada yaqinlaşganda, mina datçiklar yordamida nişonni möljalga oladi va jangovar zaryadni otadi.

PTKM-1R’ning haqiqiy samaradorligi noma’lum, ammo işlab çiquvçilarning ta’kidlaşiça, u qalinligi 70 mm.gaça bölgan zirhlarni teşa oladi.
Xarkiv viloyatida ular Ukraina qöşinlarining maxsus operatsion kuçlari transport konteynerlarida topilgan. Endilikda ukrainalik sapyorlar ularni batafsil örganişi mumkin böladi.













