Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF dronlarining Xarkivga zarbalari: kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi
Rossiya dronlari tomonidan Xarkivga qilingan ommaviy hujum chog‘ida kamida 16 ta zarba qayd etildi, jumladan, xususiy uylarga ham zarbalar berildi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘n yetti nafar jabrlanuvchi borligi ma’lum qilindi.
Rossiya qo‘shinlari dushanba, 24 noyabrga o‘tar kechasi Xarkiv shahriga ko‘p sonli uchuvchisiz uchish apparatlaridan navbatdagi ommaviy zarba berdi. «RF armiyasi tinch shaharga “Geran-2” turidagi dronlar bilan hujum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jami 16 ta zarba berilgan», — deb xabar qildi Telegram’da Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
Sinegubov zarbalar oqibatlarini ko‘rsatuvchi fotosuratlarni e’lon qildi va aniqlashtirishicha, rossiyaliklar zarbalarni Xarkivning Shevchenko va Saltovka tumanlaridagi turar joy uylariga bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar orasida ikki nafar bola bor: 12 yoshli o‘g‘il bola oyna sinig‘idan jarohat olgan, 11 yoshli qiz esa kuchli stress holatiga tushgan. Uch kishi halok bo‘ldi: 61 va 41 yoshli ayollar hamda 55 yoshli erkak. «Har bir xonadonni alohida aylanib chiqib tekshirmoqdamiz, chunki vayronagarchiliklar anchagina katta. Hozir eng muhimi — vayronalar ostida odamlar qolmaganiga ishonch hosil qilish», — deya ta’kidladi u.
Keyinroq Xarkiv meri Igor Terexov Telegram’da qutqaruvchilar xususiy uylardan biri vayronalari ostida yana bir halok bo‘lgan inson jasadini topganini ma’lum qildi. «Shu tariqa, yakshanba kechasi davomida to‘rt nafar tinch xarkivlik o‘ldirildi», — deb yozdi Terexov va hozirgi vaqtga kelib jabrlanuvchilar soni 17 nafar ekanini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026