Rossiya qöşinlari 18 noyabrga ötar keçasi Ukraina böylab havodan hujumlarni davom ettirdi. Xarkiv viloyatidagi Berestin şahriga raketa zarbasi natijasida 17 yoşli qiz halok böldi, jabrlanuvçilar bor, deb xabar berdi Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
«Şifoxonada Berestin şahriga raketa hujumi oqibatida oğir jarohat olgan 17 yoşli qiz vafot etdi. Jami 9 nafar jabrlanuvçi bor, ulardan yetti nafari portlaş jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yana ikki kişi kuçli stress holatiga tuşgan», – deb yozdi u özining Telegram-kanalida.
Dnipro şahrida Rossiya dronlari vokzalga zarba berdi, natijada bir neçta poyezd yölga keçikib çiqdi, vokzalda portlaş tölqini bir neça oynani sindirdi, mintaqa qisman elektr energiyasiz qolgani haqida "Ukrazalіznitsya" temiryöl kompaniyasi xabar qildi. Şuningdek, "Suspіlne" mintaqaviy tahririyati va Ukraina radiosi binosi ham zarar körgan.
Bu orada özini "Donetsk xalq respublikasi" ("DXR") deb ataydigan tuzilmada Rossiya tomonidan tayinlangan mintaqa rahbari Denis Puşilin 18 noyabr keçqurun Ukraina armiyasi ikkita issiqlik elektr stansiyasi (IES)ga hujum qilganini bildirdi.
«Zuyevsk va Starobeşevo IES şikastlandi. Köplab aholi punktlari elektr ta’minotisiz qoldi, oqibatda qozonxonalar, filtrlaş stansiyalari işi töxtadi», – deb yozdi u Telegram’da.
Zuyevsk IES Donetskdan 40 km masofada, Zugres şahrida joylaşgan. Mahalliy aholiga köra, ötgan tun ular köplab portlaş ovozlarini eşitgan, şundan keyin stansiyada yonğin çiqqan. Ortidan yoruğlik öçgan. Elektr ta’minoti uruşga qadar 15 ming kişi yaşagan qöşni Ilovaysk şahrida ham yöqolgan. Starobeşevo IES esa Donetskdan taxminan 20 km uzoqlikdagi Noviy Svet posyolkasida joylaşgan. Har ikkala IES 2023 yil boşida ham otişma nişonlariga aylangan edi.
Avvalroq, 17 noyabr kuni tungi hujumlar vaqtida Ukraina dronlarining "DXR" energetika infratuzilmasiga zarbasi oqibatida Donetsk, Makeyevka, Gorlovka va Yasinovataya şaharlarida yarim millionga yaqin kişi yoruğliksiz qolgan, qozonxonalar işi töxtagan edi. Elektr ta’minotini faqat kun oxiriga kelib qisman tiklaşga muvaffaq bölindi. Şu bilan birga, Puşilin yaqin vaqt içida rejali elektr energiyasini öçirişlar ehtimoli haqida ogohlantirdi.













