O‘zbekiston 10 kunda 45 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini xorijga sotdi
Joriy yil 1–11 sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlari ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot e’lon qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabariga ko‘ra, 1–11 sentabr kunlari umumiy qiymati 35,8 mln dollarlik (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 10,5 mln dollar ko‘p) jami 45 ming tonna (4,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Mazkur davrda 21,3 ming tonna uzum, 4,5 ming tonna qovun, 2,5 ming tonna loviya, 1,8 ming tonna xurmo, 1,5 ming tonna quritilgan meva, 1,3 ming tonnadan piyoz, anor va nok, 1,0 ming tonna mayiz hamda 0,9 ming tonna olxo‘ri tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Ushbu davr mobaynida 4,1 mln dollar (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 2,9 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 21,9 ming tonna (17,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 17,6 ming tonna banan, 2,4 ming tonna kartoshka, 230 tonna apelsin import qilingan.
Qo‘yliq bozoriga 1-11 sentabr kunlari hududlardan jami 11 ming tonna, xususan, 4,6 ming tonna kartoshka, 4,7 ming tonna piyoz, 328 tonna karam va 1,3 ming tonna sabzi keltirilgan.
Hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda, Samarqanddan 2 840 tonna, Toshkent viloyatidan 295 tonna va Namangandan 37 tonna kartoshka, Toshkent viloyatidan 2 608 tonna, Jizzaxdan 1 840 tonna va Samarqanddan 118 tonna piyoz, Toshkent viloyatidan 328 tonna karam, Toshkent viloyatidan 442 tonna, Sirdaryodan 180 tonna, Farg‘onadan 176 tonna, Andijondan 152 tonna, Surxondaryodan 141 tonna, Qashqadaryodan 139 tonna va Jizzaxdan 64 tonna sabzi yetkazib berilgan.
Qo‘yliq bozoriga Qozog‘istondan 1 457 tonna kartoshka va 167 tonna piyoz keltirilgan.
Hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–11 sentabr kunlari jami 110,6 tonna, jumladan 92,4 tonna mol go‘shti va 18,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
12:30 / 25.10.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilyapti
12:10 / 25.10.2024