Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuvda Rossiya gazi uchun chegirmaga erishish niyatida – Bloomberg
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya bu yil 50 mlrd dollarlik tabiiy gaz sotib oladi va Rossiya uning eng yirik energiya ta’minotchisi hisoblanadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvida gaz uchun 25 foizlik chegirmaga erishish niyatida, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga tayanib.
«Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida tabiiy gaz uchun 25 foizlik chegirmaga va energiya uchun to‘lovlarning bir qismini lirada to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishmoqchi», — deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Turkiya prezidenti Rossiya bilan moliyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga harakat qiladi.
Ma’lumot berilishicha, Turkiya bu yil 50 mlrd dollarlik tabiiy gaz sotib oladi va Rossiya uning eng yirik energiya ta’minotchisi hisoblanadi.
Moskvaning pozitsiyasi bilan tanish bo‘lgan manbalar chegirma to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlamadi.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ikki mamlakat o‘zaro hisob-kitoblarni rublda olib borishni boshlashga kelishib olganini aytgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026