«Bolgar soyaboni»: KGB kommunistik tuzumga qarşi bölgan yozuvçini qanday öldirgandi?
|17:03 / 17.09.202234 91215 min
Ikkinçi jahon uruşidan keyin sovetlar majburiy tarzda Şarqiy Yevropa davlatlarida sotsialistik tuzum örnatdi. Söng ularda ham SSSRdagi kabi zöravonlik bilan kollektivlaştiriş ötkazildi. Boylarning mulklari tortib olinib, özlari quvğin qilindi va ular kommunistik partiya hukmronligida, ma’muriy buyruqbozlik bilan boşqarila boşlandi. Bu işlarga qarşi çiqqanlar turli yöllar bilan yöq qilindi. Şu jumladan Bolgariyada ham.
Şarqiy Yevropadagi turli xalqlar 1944-1945 yillarda özlarini faşistlardan ozod qilgan sovet jangçilarini qanday xursandçilik bilan kutib olgan bölsa, tez orada Moskva tomonidan örnatilgan sotsialistik boşqaruvdan şunçalik hafsalasi pir böladi.
Odamlar ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, yakka kommunistik partiya hukmron bölgan sotsialistik tuzum va uning rahbarlarini, ularni Moskvadan turib qöllayotgan SSSR rahnamolarini yomon köra boşlaydi.
Oqibatda 1956 yilda Şarqiy Yevropaning ikkita davlatida sotsialistik tuzumga qarşi namoyişlar bölib ötadi va ularning ikkalasi ham kuç bilan ayovsiz tarzda bostiriladi.
Ulardan biri 1956 yil 28-30 iyun kunlarida Polşaning Poznan şahrida bölib ötgan namoyişlar bölsa, ikkinçisi öşa yili 23 oktyabrdan 11 noyabrgaça davom etgan Budapeşt voqealari edi.
Har ikkala hodisada ham namoyişlarni bostiriş uçun Polşa va Vengriyada bölgan sovet harbiylari qatnaşadi va köplab tinç aholi vakillari halok böladi.
Vengriya va Polşadagi namoyişlar bostirilgaç, sotsialistik qopqonga tuşib qolgan davlatlar aholisi Moskva nazoratidan çiqib keta olmasliklarini anglab yetişadi.
Şundan söng sotsialistik tuzumga qarşi bölganlar xuddi SSSRdagi kabi özi yaşayotgan mamlakatni tark eta boşlaydi. Bolgariyalik jurnalist va yozuvçi Georgiy Markov ham ulardan biri edi.
Georgiy Markov / Foto: elespectador.com
Garçi öz jonini saqlab qoliş uçun zöravonlik va zulm bilan boşqariladigan mamlakatni tark etib, Buyuk Britaniya poytaxtiga köçib ötgan bölsa-da Georgiyning hayoti baribir fojiali tugaydi. KGB uni Londonda zaharlab öldirişga muvaffaq böladi.
Georgiy Markov haqida
Georgiy Markov 1929 yil 1 mart kuni Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida sobiq harbiy oilasida tuğiladi. Otasi harbiy xizmat davomida sil kasalligini orttirib, nafaqaga çiqqan, onasi esa uy bekasi bölgan.
Ikkinçi jahon uruşi paytida boşqalar qatori Georgiyning oilasi ham qiynalib yaşaydi va Bolgariyani ozod qilgan sovet armiyasini xursandçilik bilan kutib oladi.
Uruş tugagaç, 1946 yilda Georgiy Sofiyadagi gimnaziyani tugatadi va Politexnika institutida öqiy boşlaydi. Öşa paytlarda u hali Bolgariyada sotsialistik tuzum kuç bilan örnatilayotganini, qarşi çiqqanlar ayovsiz jazolanayotganini bilmas edi.
Mavzuga oid
1948 yilda Georgiy silning oğir formasi bilan kasallanadi va bir muddat davolanadi, ammo batamom tuzalmaydi.
U 1953 yilda institutni bitirib, bir yil Sofiyadagi korxonada injyener-texnolog sifatida işlaydi. 1953-58 yillar oraliğida texnikumlardan birida dars beradi.
Şu davr mobaynida sil kasali doimo Georgiyni bezovta qiladi va u vaqti-vaqti bilan davolanib turadi, ammo butunlay şifo topmaydi. Şundan söng 1959 yilda işdan böşaşga majbur böladi.
Adabiyot olamida
Georgiy Markov ilk ijodini 1955 yillarda, texnikumda dars berib yurgan paytlarida boşlaydi. 1957 yilda uning ilk romani, 1959 yilda ikkinçi romani çop etiladi.
Tez orada Georgiy mamlakatdagi eng iqtidorli yoş yozuvçilardan biri sifatida taniladi. Uni Bolgariya Yozuvçilar uyuşmasiga qabul qilişadi.
Georgiy Markov maşhur bölgan kezlarda, Bolgariya rahbari Todor Jivkovning qizi Lyudmila bilan döstlaşib qoladi va «birinçi rahbar»ning oilasida tez-tez mehmon bölib turadi.
Todor Jivkov va Lyudmila Jivkova / Foto: fb.ru
Ilk ijodida asosan maişiy mavzularda yozgan Georgiy keyinçalik Bolgariyada sotsialistik tuzum zöravonliklarini köradi va Todor Jivkovning oilasidan uzoqlaşadi, uning qizi bilan aloqalarni uzadi.
Şundan söng u Bolgariyada kommunistik partiya hukmronligiga, mamlakatning Moskva ta’siri ostida sotsialistik tuzumda yaşaşiga, inson huquqlari poymol qilinişiga qarşi ekanini öz asarlari orqali bildira boşlaydi.
Bu holat Georgiyni Bolgariya kommunistik partiyasi tarğibotçisiga aylantirmoqçi bölgan hukumat amaldorlariga yoqmaydi. Şunday bölsa ham mamlakat aholisi orasidagi obröyi tufayli unga keskin çora körişga botina olişmaydi.
Şunday bölsa-da, kommunistik tuzum tanqidçisiga Bolgariyada yaşaş qiyin bölib boraveradi. Uni yakkalay boşlaşadi, asarlarini çop etişni töxtatişadi. Şuningdek, yozuvçi doimiy kuzatuvga olinadi.
Bunday şaroitda yaşab, ijod qilib bölmasligini tuşunib yetgan Georgiy Markov xorijga çiqib ketişni rejalaştira boşlaydi.
Xorijga ketiş
1968 yilda Pragada sotsialistik tuzumdan voz keçmoqçi bölgan çexoslovaklarning namoyişlari ayovsiz bostirilgaç Georgiy Markov uzil-kesil xorijga çiqib ketişga qaror qiladi.
U Pragada çexoslovaklarga rahm-şafqat qilmagan sovet hukumati mabodo bolgarlar ham sotsialistik tuzumdan voz keçiş uçun namoyişga çiqsa ayab ötirmasligini va xalqning qoni daryo bölib oqişini tuşunib yetadi.
1969 yilda Georgiy avvaliga Italiyada yaşaydigan qarindoşining oldiga boradi va u yerdan ortga qaytmay Buyuk Britaniyaga ketadi.
Georgiy britaniyalik Annabel Dilayk ism-şarifli ayolga uylanadi va Londonda yaşay boşlaydi. Biroz ötib uni BBC radiosiga işga taklif etişadi va u qabul qiladi.
Georgiy Markov oilasi bilan / Foto: blitz.bg
Georgiy Markov radioda ijtimoiy-siyosiy eşittirişlarda iştirok etadi. U Bolgariyaning sotsializm qopqoniga tuşib qolgani va amalda mamlakatni SSSR boşqarayotgani, Bolgariya rahbarlari Kremlning ruxsatisiz heç narsa qila olmasligini keskin tanqid qila boşlaydi.
Jumladan, u radioda «Jivkov bilan uçraşganlarim» nomi bilan 14 qismli eşittirişlarini uzatadi. Ana şu eşittirişlarida u Bolgariya kompartiyasi birinçi kotibi Todor Jivkov bilan uçraşuvlarida sodir bölgan voqealar haqida gapirib beradi.
Georgiy Buyuk Britaniya fuqarosi bölgan ayolga uylangaç Londonda qonuniy tarzda yaşaydi. U BBC’da işlayotganida Bolgariya hukumatini keskin tanqid qila boşlagaç bolgarlar uni orqaga qaytariş harakatiga tuşib qolişadi.
Bolgarlar Georgiyga «yaxşilikça» mamlakatga qaytişini talab qilişadi. Ammo u könmaydi. Şundan söng Georgiyni Bolgariya Yozuvçilar uyuşmasi safidan öçirişadi, mamlakat böylab barça kutubxonalardan uning kitoblari yiğiştirib olinadi.
Biroz ötib Bolgariya IIV Georgiyga berilgan xorijga çiqiş pasportini bekor qiladi va uning nomini matbuotda eslaşni taqiqlaşadi.
1972 yilda Georgiy Markov Bolgariyada sirtdan sud qilinadi va unga 6,5 yil qamoq jazosi tayinlanadi.
Georgiyning Londonda yaşab dunyoga maşhur radio orqali tinimsiz ravişda sotsialistik tuzumni tanqid qilişi Bolgariya hukumatidan köra sovet rahbariyatini köproq taşvişlantira boşlaydi.
Öşanda Pragada çexoslovaklarning sotsialistik tuzumga qarşi boş kötarganiga unça köp bölmagan, Kremldagilar Bolgariya aholisining ham Moskvaga qarşi boş kötarib qolişidan xavotirlanardi.
Georgiyning öldirilişi
1978 yil 7 sentabr kuni Georgiy Markov BBC ofisidan işdan çiqib, maşinasiga ötiradi va uyiga boradi. Ertasi kuni ertalab uning temperaturasi kötarilib, ahvoli yomonlaşadi.
Georgiyni darhol şifoxonaga olib borişadi. U yerda vraçlar uni obdan tekşirişadi, ammo kasallik sababini top olişmaydi. U tört kun oğir ahvolda yotgaç jon beradi.
Ölimidan biroz avval vraçlar undan kasal bölişidan avvalgi hodisalarni yaxşilab eslaşni, bu uni davolaşda asqatişini söraşadi.
Şunda u 7 sentabr kuni işxonadan çiqib maşinasi turgan avtoturargohga qarab borayotganida odamlar gavjum bölgan avtobus bekatida noma’lum kişi unga turtinib ketganini, şunda uning qölidagi soyabonning uçi oyoğiga yengil suqilganini, oğriq kuçli bölmagani uçun unga ahamiyat bermaganini aytib beradi.
Vraçlarga hammasi ravşan bölgan edi – Georgiyni zaharlaşgan. Ölimidan keyin ötkazilgan çuqur tekşirişlarda Georgiyning tanasidan kiçik jarohat örnini topişadi.
KGB xodimi u yerga soyabon-qurol yordamida içida 45 milligramm ritsin bölgan kapsula joylagan va Georgiy Markovni şu tariqa zaharlagan.
KGB tomonidan tayyorlangan maxsus soyabon-qurol / Foto: blogs.loc.gov
Öz vaqtida sotsialistik tuzumga muxolif bölgan holda xorijda yurgan maşhur «GUlag arxipelagi» asari muallifi Aleksandr Soljyenitsin ham özini KGB ritsin bilan zaharlaşga uringanini yozgan edi.
Hodisa yuzasidan tekşiruvlar
Georgiyning zaharlab öldirilgani aniq bölgaç London politsiyasi holat yuzasidan jinoyat işi qözğatadi va qotilni qidira boşlaydi. Biroz ötib qidiruvga Buyuk Britaniya razvedkasi ham qöşiladi. Biroq natija bölmaydi va qotil topilmaydi.
Buyuk Britaniya xavfsizlik xizmati Londonda yurgan Bolgariya maxsus xizmati xodimlari bu işga qodir emasligini, ijroni KGB xodimi bajargani haqidagi taxminni bildiradi. Şu tariqa, qotillik böyiça ijroçilar KGBning Londondagi xodimlari, buyurtmaçi esa Bolgariya hukumati deb gumon qilinadi.
Keyinçalik SSSR tarqab ketganidan söng 1993 yilda sobiq KGB generali Oleg Kalugin Angliyadagi telekanallardan birida namoyiş etiladigan körsatuvda qatnaşiş uçun Moskvadan Londonga borganda Xitrou aeroportida qölga olinadi.
Kalugin 1978 yilda Georgiy Markovga suiqasd uyuştirganlikda gumonlanadi. Hodisadan 15 yil ötgan bölsa-da «Skotland Yard» Markovga qilingan suiqasdni unutmagan, hodisa yuzasidan oçilgan jinoyat işi yopilmagan edi.
Sobiq KGB generali Oleg Kalugin / Foto: alamy.com
Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan söroq qilingan Kalugin Grigoriy Markovning öldirişi haqidagi barça tafsilotlarni aytib beradi. Unga köra, qotillikni Bolgariya kompartiyasi birinçi sekretari Todor Jivkovning şaxsan özi buyurtma bergan.
Kalugin ijroni ham Bolgariya xavfsizlik xizmatining özi amalga oşirganini, faqat maxsus soyabon va zahar Moskvadagi 12-raqamli laboratoriyada KGB xodimlari tomonidan yasab berilganini ma’lum qiladi.
Ya’ni 1978 yilda Bolgariya içki işlar vaziri Stoyanov KGB raisi örinbosari Vladimir Kryuçkovga murojaat qilib, unga Todor Jivkovning Markovni öldiriş haqidagi iltimosini yetkazadi.
Kyurçkov iltimosni KGB raisi Andropovga aytadi. Öşa vaqtda SSSR rahbari Brejnevga ham gapini ötkaza olgan Andropov Markovning öldirilişi operatsiyasiga Oleg Kaluginni boşliq qilib tayinlaydi. Öz navbatida Kalugin bu işni KGB generali Sergey Golubevga topşiradi.
Boşqa manbalarga köra, qotil aslida Markovga yaqin bormasligi, yaqin masofadan unga zaharli öq uzişi reja qilingan.
Ammo sönggi soniyalarda KGB xodimi odamlar orasida turib möljalni aniq ololmasligi ehtimolini inobatga olib, Markovga juda yaqin kelgan. Söng unga turtinib ketib, zahar solingan kapsulani Georgiyning oyoğiga qadagan.
«Skotland Yard»ning terrorizmga qarşi kuraşiş bölimi Kaluginni ikki kun söroq qilgaç, suiqasdni tayyorlaş hamda ijro etişda uning iştiroki yöq degan qarorga keladi va sobiq KGB generalini qöyib yuboradi.
1993 yilda sobiq KGBning birinçi boş boşqarmasi polkovnigi Oleg Gordiyevskiy Georgiyni bolgarlar emas, KGB xodimlari zaharlaganini aytib çiqadi. Uning ma’lum qilişiça, Georgiyni yöq qiliş operatsiyasi KGB generali Sergey Golubev tomonidan tayyorlangan va amalga oşirilgan.
2005 yilda Britaniya matbuotida Georgiyning zaharlanişi yuzasidan Bolgariya gazetasida çiqqan maqolaning tarjimasi çop etiladi. Unda Georgiyni italiyalik KGB agenti Françesko Gulliani zaharlagani va bu ma’lumotni Bolgariya xavfsizlik xizmati taqdim etgani yozilgandi.
Ammo keyinçalik Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan uşlangan Françesko Gulliani Markovga uyuştirilgan suiqasdga aloqasi yöqligini aytadi.
1990 yilda Bolgariyada kommunistik tuzum qulaydi. Şundan söng Georgiy Markovga uyuştirilgan suiqasd böyiça qayta tergov boşlanadi.
Öşa paytda sobiq Bolgariya KGBsi arxividan Georgiy Markovga uyuştirilgan suiqasd böyiça hujjatlar topilmaydi. Ular yöq qilingan edi.
Şundan söng dalillarni yöq qiliş böyiça jinoyat işi oçiladi va Bolgariya Içki işlar vazirining sobiq birinçi örinbosari Stoyan Savov hibsga olinadi. Ammo uni sud qilişga ulgurişmaydi – Savov hibsxonada joniga qasd qiladi.
Ikkinçi sudlanuvçi, kommunistik tuzum davrida Bolgariya KGBsida boş boşqarma örinbosari lavozimida işlagan Vladimir Todorov 10 oy qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Sud Todorovning aybini böyniga qöya olmaydi va unga öz işiga mas’uliyatsizlik qilgani uçun yengil jazo tayinlaydi. Oxir-oqibat Georgiy Markovning öldirilişiga oid hujjatlarni kim yöqotgani aniqlanmay qoladi.
2013 yilda Bolgariya prokuraturasi Georgiy zaharlanişi böyiça oçilgan jinoyat işini hodisaga 35 yil bölgani tufayli yopganini ma’lum qiladi.
Şu tariqa, erksevar bolgar yozuvçisi va jurnalisti Georgiy Markovni zaharlagan şaxs kimligi va bu işning aniq buyurtmaçilari kimlar bölgani haqidagi savollar oçiq qolib ketadi.
Georgiy Markovning ijodi
Georgiyning hayotiga nazar taşlansa u öz asarlarini Bolgariyada yaşagan davrida, 1957 yildan 1968 yilgaça yozganini köriş mumkin.
Jumladan, uning qator roman va qissalari, pesalari, hikoya hamda novellalari öşa paytda yozilgan. Buyuk Britaniyaga köçib ötgaç BBCʼda işlab yurgan paytida ijod bilan şuğullanmagan. Tiğiz iş vaqti tufayli unda ijod uçun vaqt bölmagan.
Georgiy Markov Bolgariyada yaşaganida uning uçta romani, sakkizta pesasi, törtta qissa, novella va hikoyalar töplami çop etilgan. Vafotidan keyin heç qayerda e’lon qilinmagan bitta romani, bitta pesasi çop etiladi.
Kommunistik tuzum qulagandan söng yozuvçining asarlari köp marta çop etiladi. Dunyoning boşqa tillariga tarjima qilinadi.
«Bolgar soyaboni»
KGB tomonidan soyabon yordamida zaharlangan birgina Georgiy Markov emasdi. 1978 yil Georgiy Markov öldirilişidan ön kun avval Parijda bolgariyalik yana bir jurnalist va yozuvçi Vladimir Kostovga ham soyabon yordamida suiqasd uyuştiriladi. (Bu haqda keyingi maqolada batafsil söz yuritamiz.)
Noma’lum şaxs Parij metrosidan çiqayotgan Kostovga turtinib ketadi va uning tanasiga soyabon yordamida zaharli kapsula joylab, zaharlaydi.
Markovdan farqli ravişda Kostov öşa zahoti şifoxonaga boradi va şifokorlarning yordami bilan tirik qoladi.
Oradan 10 kun ötib Londonda Georgiy Markov zaharlangandan söng u ham soyabon yordamida zaharlangani oşkor bölgaç «Bolgar soyaboni» iborasi paydo böladi. Öşandan buyon bu ibora tilga olinganda suiqasdda foydalaniladigan qurol tuşuniladi.