O‘zbekiston | 07:35 / 17.09.2022
5698
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 19 nafar o‘zbekistonlikning pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yildi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan. 

Shuningdek, xabarda aytilishicha, o‘zbekistonliklar o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.

Fuqarolarning murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan o‘rganilgan va Rossiya mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor harakatlar natijasida ular hujjatlari olib berilgan va huquqlari tiklangan.

Bundan oldin Rossiyada 12 nafar o‘zbekistonlikning pasporti ish beruvchilardan olib berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid