AQŞ Ukrainadagi uruş tufayli Ğarb tomonidan joriy etilgan çeklovlarni çetlab ötişga yordam beradigan Rossiyadan taşqaridagi jismoniy şaxslar va kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilib kelmoqda. Xususan, AQŞ Moliya vazirligi Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va boşqa qator davlatlarni Rossiya va Belarusga sanksiyalar bilan çeklangan tovarlar yetkazib berilişi mumkin bölgan mamlakatlar röyxatiga kiritgan. Xöş, özbek kompaniyalari uçun ikkilamçi sanksiyalar qançalik xavf tuğdirmoqda?

Iqtisodiy sanksiyalar va ularning mohiyati?

Iqtisodiy sanksiyalar bu – xavfsizlik yoki taşqi siyosat masalalari bilan boğliq ma’lum maqsadlarga erişiş uçun savdo va moliyaviy operatsiyalarni çeklaş yoki töliq töxtatiş. Sanksiyalar ham alohida davlatlar, ham xalqaro taşkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga, taşkilotlarga yoki davlatlarga nisbatan qöllanişi mumkin. Sanksiya joriy qilgan va sanksiya uçragan mamlakatlar örtasida iqtisodiy boğliqlik qançalik yuqori bölsa, çeklovlar ham şunçalik samarador hisoblanadi.

AQŞ iqtisodiy sanksiyalardan eng köp va faol foydalanadigan mamlakat bölib, buni asosan dollarning jahon iqtisodiyotidagi hukmron roli bilan izohlaş mumkin. Xalqaro hisob-kitoblarda dollarning yuqori uluşi sanksiyalar rejimlarining buzilişini aniqlaşda muhim ahamiyat kasb etadi va Qöşma Ştatlar joriy qilgan çeklovlarni çetlab ötiş ehtimolini minimallaştiradi.

Bugungi kunda Kollektiv Ğarb tomonidan joriy qilingan sanksiyalarni çetlab ötgan holda Rossiya kompaniyalariga yordam berayotgan uçinçi mamlakat taşkilot va şaxslariga ikkilamçi sanksiyalar tahdid solmoqda.

Masalan, bir neça oy oldin AQŞ Davlat departamenti Rossiya korxonalariga qarşi sanksiyalar rejimini buzgani uçun Özbekistonning “Promcomplektlogistic”kompaniyasiga nisbatan çeklovlar joriy qilgandi. Bunga “Promcomplektlogistic”ning 3 mart kuni sanksiyaga uçragan va Rossiya mudofaa sanoati ta’minotçisi bölgan “Radioavtomatika” kompaniyasi bilan hamkorlik qilgani sabab bölgan.

Banklar – eng zaif nuqta

Banklar moliyaviy xizmatlarini taqdim etiş orqali butun iqtisodiyotda köprik rolini öynaydi. Şu jihatdan, birinçi navbatda Özbekistondagi tijorat banklarining sanksiyalarga uçragan Rossiya taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş jarayonida ikkilamçi sanksiyalarga tuşib qoliş ehtimoli hamon yuqoriligiça qolmoqda.