AQŞ Savdo vazirligi töqqiz mamlakatning 36 kompaniyasini Rossiya harbiy va mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlagani uçun sanksiyalar röyxatiga kiritdi.

«Qora röyxat»dan Xitoyning 25 kompaniyasi, şuningdek, Rossiya, BAA, Litva, Pokiston, Singapur, Buyuk Britaniya, Vetnam va Özbekistonda joylaşgan kompaniyalar ham örin olgan.

Sanksiyalar röyxatiga tuşgan Özbekistondagi kompaniyaning nomi Promcomplektlogistic bölib, Toşkent şahrida xususiy korxona sifatida röyxatdan ötgan. Oçiq ma’lumotlarga köra, korxonaning 100 foiz uluşi Oleg Grabilinga tegişli hisoblanadi.

AQŞ Davlat departamentiga köra, Promcomplektlogistic joriy yilning 3 mart kuni sanksiyaga uçragan va Rossiya mudofaa sanoati ta’minotçisi bölgan «Radioavtomatika» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Qayd etilişiça, Promcomplektlogistic «Radioavtomatika»ga qarşi qöllangan sanksiyalarni çetlab ötgan holda, Rossiyaga elektronik qismlar, xususan mikrosxemalar yetkazib bergan.

AQŞ Savdo vazirligi xulosasiga köra, «qora röyxat»ga tuşgan kompaniyalar sanksiyalar ostida qolgan Rossiya taşkilotlari bilan tovarlar yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişda davom etmoqda.