Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston protokol imzoladi, xavfsizlik xizmati rahbarlari qo‘shma bayonot berdi

Foto: So‘g‘d viloyati axborot xizmati
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev hamda Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Saymo‘min Yatimov o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Tojikistonning So‘g‘d viloyatida o‘tkazilgan.

Tomonlar uch punktdan iborat protokol imzolashgan. Unga ko‘ra quyidagi uch punk bo‘yicha kelishuvga kelingan:
– qo‘shinlarni chegara yaqinidan doimiy dislokatsiya manzillariga olib ketish;
– chegaraning ikki tomonida faqat chegara qo‘shinlarini qoldirish;
– chegara masalalarini muhokama qilishda davom etib, chegaradagi vaziyatni normallashtirish.
So‘g‘d viloyati hokimligi axborot xizmati ikki xavfsizlik xizmati rahbarlarining qo‘shma bayonoti keltirilgan video ham e’lon qildi.

«Biz bu borada bir-birimizni tushunib, bir to‘xtamga keldik. Protokol imzoladik, chegaralarimizda rostakamiga tinchlik bo‘lishiga ishondik. Barcha yo‘nalishlarda harakatlarimizni avvalo do‘st xalqlarimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiramiz», degan Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Yatimov.
«Umid qilaman, bugun imzolagan protokolimiz chinakam tinchlik bo‘lishini ta’minlaydi. Tinchlik har narsadan yaxshi, biz doim tinchlik bo‘lishi uchun harakat qilamiz», dedi Qamchibek Tashiyev.
Bir necha kun davomida Qirg‘iziston hamda Tojikiston chegarasida navbatdagi keskinlik avj olib, ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Ikki tomondan umumiy hisobda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Tojikiston va Qirg‘iziston xavfsizlik qo‘mitasi rahbarlari 16 sentabr kuni chegarada uchrashib, tinchlik o‘rnatishga kelishib olgan, shunga qaramay o‘shandan keyin ham otishmalar to‘xtamagandi. Ammo o‘sha uchrashuvda protokol imzolanmagandi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Jahon | 01:13
-
Ukraina Pokrovsk atrofidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishni boshladi – OAV
Jahon | 00:41
-
Jennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Jahon | 00:28
-
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
Ta’lim | 00:13
Mavzuga oid

08:00 / 12.08.2025
Qirg‘izistonda mol va qo‘y go‘shti narxi davlat nazoratiga olindi

22:16 / 11.08.2025
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi

13:59 / 11.08.2025
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

07:57 / 09.08.2025