AQŞ hukumati ötgan yil yozida «Tolibon»ning hokimiyatga kelişi ortidan afğonistonlik harbiylar olib qoçgan 50 ga yaqin harbiy samolyot va vertolyotlarni Özbekiston va Tojikistonda qoldiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda Politico öz manbalariga tayangan holda.

«AQŞ tomonidan Afğoniston hukumatiga berilgan uşbu harbiy texnikalar taqdiri bir yildan köproq vaqt davomida mavhum bölib qolayotgan edi. «Tolibon» uşbu harbiy samolyotlar Afğonistonning mulki ekanligini ta’kidlab, ularni qaytarib berişni talab qildi, ammo Özbekiston rasmiylari havo kemalari AQŞ mulki ekanligini va qaytarilmasligini ma’lum qilişdi.

Afğoniston-Özbekiston munosabatlarining nozikligi hamda Rossiyaning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy va harbiy ta’siri tufayli bu masala yuzasidan omma oldida juda kam gapiriladi. Ammo parda ortida AQŞ rasmiylari amerikalik harbiylar mavjud bölmagan mintaqada öz örnini egallaş uçun samolyotlardan tayanç sifatida yaşirinça foydalanişga urinmoqda», deya yozadi Politico.

Naşr manbasiga köra, AQŞ samolyotlarning parvozga yaroqliligini aniqlaş uçun tekşiruv ötkazişni rejalaştirgan. Şundan söng, Özbekiston va Tojikiston çegaralarini qöriqlaşdagi xavfsizlikni kuçaytiriş va terrorçilikka qarşi kuraş sohasida munosabatlarni çuqurlaştiriş böyiça norasmiy kelişuv doirasida havo kemalarining ayrimlari Özbekiston va Tojikiston hukumatiga berilişi mumkin.

«Kelişuv uzoq muddatli istiqbolda özaro razvedka ma’lumotlarini ayirboşlaşdan tortib, Afğonistondagi terrorçilar faoliyatini kuzatib boriş uçun mintaqaviy platsdarm sifatida uşbu mamlakatlarda qöşinlar yoki samolyotlarni joylaştirişgaça bölgan jihatlarni ham öz içiga olişi mumkin.

Bayden ma’muriyati buni amalga oşirişga urinib körgan, ammo uddalay olmadi. Ikkala davlat ham Afğoniston bilan çegaradoş va Yaqin Şarqdagi Amerika harbiylari tayanadigan bazalarga nisbatan uşbu mamlakatga yaqinroq joylaşgan. Ammo hozirda olib borilayotgan muzokaralar Özbekiston va Tojikistonning terrorçilik tarmoqlari haqidagi axborotlaridan foydalaniş imkoniyati töğrisidagi kelişuv imzolanişiga qaratilgan», deyiladi maqolada.

Amerika Mudofaa vazirligi mansabdorining qayd etişiça, Tojikiston ham, Özbekiston ham uşbu harbiy texnikalarni qölga kiritişdan manfaatdor.

Naşr ma’lumotlariga köra, gap 46 ta havo kemasi haqida bormoqda. Ular orasida S-208 universal samolyotlari, A-29 Super Tucano yengil hujumkor samolyotlari (şturmovik), Mi-17, Mi-25 va UH-60 Black Hawk vertolyotlari bor. Bu afğon harbiy-havo kuçlariga tegişli bölgan texnikalarning qariyb 25 foizini taşkil etadi.