Tolonews naşri xabariga köra, muvaqqat hukumat mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inoyatulloh Xorazmiy Kobul öğirlab ketilgan vertolyotlarni tez orada qabul qilib olişini aytdi.
U vertolyotlar afğon xalqining mulki ekanligini ta’kidladi.
Ayni paytda, ayrim afğon tahlilçilarining fikriça, Afğonistondagi «Tolibon» hukumati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagani uçun vertolyotlarni qaytarib olişning iloji yöq.
«Birinçidan, men bu vertolyotlar uçun hujjatlar Afğonistonga tegişli ekanligiga işonçim komil emas. Ikkinçidan, bu heç bir davlat tomonidan tan olinmagan «Tolibon» hukumatining muammosi», - deydi Tojikistondagi sobiq afğon diplomati Fahim Kohdamaniy.
Avvalroq AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiysi Afğoniston armiyasining Kobuldagi hukumat qulaganidan keyin Özbekiston va Tojikistonga olib qoçib ketilgan vertolyotlari toliblarga berilmasligini ma’lum qilgan edi.
Aprel oyi oxirida prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev nima uçun Özbekiston rasmiylari samolyot va vertolyotlarni toliblarga qaytarmaganini tuşuntirgandi.
«Amerika ovozi» naşriga bergan intervyusida u afğon uçuvçilari avvalroq öz mamlakatidan Özbekistonga olib qoçgan aviatexnika AQŞga tegişli ekanligini aytdi.
«AQŞ hukumati ular uçun pul tölagan, avvalgi Afğoniston hukumatini moliyalaştirgan», dedi u.
Ismatulla Ergaşev aviatexnikalarning taqdiri böyiça qaror Vaşingtonda qabul qilinişi kerakligini ta’kidladi.
«Biz bu harbiy texnikani AQŞ bilan kelişuv asosida saqlab qoldik va bu haqda toliblarni xabardor qildik», dedi diplomat.
Afğonistonda hokimiyat toliblar tomonidan qölga kiritilganidan söng mamlakat HHK uçuvçilari va xodimlari uçinçi davlatlarga samolyotlarda uçib, mamlakat hududini ommaviy ravişda tark eta boşladi. Şu tariqa, 40 dan ortiq Afğoniston harbiy samolyotlari va vertolyotlari Özbekistonga uçib keldi. Samolyotlarning bir qismi Tojikistonga ham parvoz qilgan.
Özbekiston Boş prokuraturasi 2021 yil 14 va 15 avgust kunlari mamlakat hududiga 22 ta harbiy samolyot, şuningdek, Afğonistondan 24 ta vertolyot qönganini ma’lum qildi.

















