O‘zbekiston | 09:29 / 21.09.2022
1761
3 daqiqa o‘qiladi

Professional ta’lim tizimida xodimlarni qayta tayyorlash yangi tartibi joriy etiladi

“Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2023 yil 1 yanvardan boshlab professional ta’lim tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi:

  • professional ta’lim tizimi o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish instituti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilg‘or professional tayyorgarlik markazlarida amalga oshiriladi hamda oliy ta’lim muassasalari huzuridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish fakultetlari faoliyati tugatiladi;
  • professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari kasbiy faoliyati samaradorligini baholash raqamli portfolio tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • professional ta’lim muassasalari xodimlari malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari ushbu raqamli portfolio asosida o‘rganiladi hamda ular individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
  • raqamli portfolio tizimi orqali professional ta’lim muassasalari xodimlari faoliyat samaradorligi baholanadi va ular reytingi belgilanadi;
  • professional ta’lim muassasalari xodimlari malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari asosida o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • professional ta’lim muassasalari xodimlari uzluksiz malaka oshirishni samarali tashkil etish maqsadida malaka oshirishda kredit-modul tizimi joriy etiladi;
  • xorijiy davlatlarda malaka oshirgan xodimlar tasdiqlovchi hujjati (sertifikat) O‘zbekistonda belgilangan tartibda malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarga tenglashtiriladi;
  • professional ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan xodimlar 3 yil muddat ichida boshqa tashkilotlar va ta’lim muassasalarida kamida 144 soat mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjatlari (sertifikatlari) professional ta’lim muassasalarida tan olinadi;
  • professional ta’lim muassasalari xodimlari o‘z faoliyati yo‘nalishlariga mos bo‘lgan korxona va tashkilotlarda stajirovkaga boradi hamda ular stajirovkasi raqamli portfolio tizimida inobatga olinadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid