Jahon | 21:40 / 21.09.2022
21473
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina armiyasi yo‘qotishlari to‘g‘risida Shoygu aytgan ma’lumot RF mudofaa vazirligi xabarlariga mos kelmayapti

24 fevraldan 20 sentabrgacha har kungi hisobotlarida RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov kamida 83 ming ukrainalik harbiy o‘ldirilgani haqida aytib bergan. «Agenstvo» nashri shunday hisoblarni keltirmoqda.

Ukraina armiyasi yo‘qotishlari to‘g‘risidagi bu ma’lumotlar 21 sentabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytganidan jiddiy farq qilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, urush davrida Ukraina 100 mingdan oshiq harbiysini yo‘qotgan - 61 207 ming qurbon va 49 368 yarador.

Bundan tashqari, Shoyguning urush halok bo‘lgan rossiyalik harbiy xizmatchilar soni haqidagi ma’lumoti ham Rossiyada dafn etilgani rasman tasdiqlangan urush qurbonlari sonidan kamroq - bunday o‘lim holatlari ochiq manbalar orqali tasdiqlangan.

Vazirning aytishicha, Rossiya bosqini boshlanganidan buyon RF armiyasining 5937 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. O‘z navbatida «Mediazona» va BBC rus xizmati ochiq manbalar, jumladan hududiy rasmiylarning xabarlari asosida sentabr oyi boshida 6 mingdan oshiq harbiyning o‘limi haqida xabar bergandi. «Mediazona»ning qayd etishicha, 21 sentabr holatiga ko‘ra 6,6 mingdan oshiq rossiyalik harbiyning o‘limi rasman tasdiqlangan.

  • Urushning 210 kuni davomida Rossiya o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida faqat ikki bor xabar bergandi.
  • Avgust oyi boshida Pentagon Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari halok bo‘lganlar va yaralanganlar qo‘shib hisoblanganda 70-80 ming kishini tashkil etishi haqida xabar bergandi. 
  • Ukraina qurolli kuchlari esa 21 sentabr holatiga rossiyaliklarning yo‘qotishlarini 55 110 qurbonga baholagan.

Rossiya bitta qishloqni uch marta «nazoratiga olgan», Ukrainada mavjud bo‘lgan texnikalardan ko‘prog‘ini «yo‘q qilgan»

Mavzuga oid