O‘zbekiston | 11:32 / 21.09.2022
1990
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov BMT aksilterror boshqarmasi boshlig‘i bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Tashrif bilan Nyu-Yorkda bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, BMT aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida turli sohalarda, BMT Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi va ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Vladimir Voronkov O‘zbekiston Shanhay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi va yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilot sammiti salmoqli natijalar bilan yakunlanganini e’tirof etdi.

O‘zbekiston mintaqada va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, bag‘rikenglik, dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, yoshlar bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish, mojaroli hududlardan ayollar va bolalarni qaytarish va ular jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlashdagi muvaffaqiyatlari qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid