Çorsuning beşik bozori deb ataladigan rastalarida belançaklar köpaygan. Bozorda beşik sotadigan Ziyoda Abdurasulova odamlar soni oşayotgan bölsa ham, beşikka talab biroz pasayib, belançak ham yasaşga ötişganini aytadi. Ayol özini 8 avloddan beri beşik yasab, sotib kelayotgan beşikçilar avlodidan deb taniştirdi. Savdogarning gaplarida jon bormi, bugun özbeklar orasida beşikdan foydalaniş kamayib, ular örnini belançaklar egallayaptimi, şunday bölsa buning sabablari nimada?

Beşikning kaşf qilinişi

Markaziy Osiyoda, asosan özbek va tojik xalqlari azaldan beşikdan keng foydalanib kelgan. Beşik qadriyat darajasiga çiqqan. Köp manbalarda «beşik» sözi ilk marta tilşunos Mahmud Qoşğariyning «Devonu luğati turk» asarida uçraşi aytiladi. Olim XI asrlarda yaşagan bölsa, demak beşik atamasi ham yozma adabiyotga şu paytda kirib kelgan bölişi mumkin.

Biroq beşikning özi ança oldinroq kaşf qilinib, foydalanilgani haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Samarqand davlat muzey-qöriqxonasi boş direktori, antropolog olim Samariddin Mustafoqulov örganişlari natijasida beşik VI–VII asrlarda kaşf etilgan degan taxminni ilgari suradi. Lekin bu masalada hozirça faqat taxminlarga suyaniladi. Samarqand muzeylarida IX-X asrlarga oid şişa sumaklar saqlanadi.

Boş orqa çanoği şakllanişiga ta’siri

Bola beşikda bir yönalişda uxlaşi jihatidan olib qaralsa, beşik boşning orqa suyagi şakliga ta’sir qilişi ehtimoldan yiroq emas. Bu borada aniq bir tadqiqot ötkazilmagani uçun ham beşikning inson antropologiyasiga ta’siri haqida hukm usulida biror gap aytişdan yiroqmiz. Şunday bölişiga qaramasdan, bu mavzuda ayrim tarixçi antropologlarning kuzatuvlari bor.

Masalan, Samariddin Mustafoqulov qazilma sifatidagi boş çanoqlarini örganiş asosida beşik VI–VII asrlarda Amudaryo va Sirdaryo oraliğida yaşagan xalqlar antropologiyasiga ta’sir qilgan, degan fikrda.

«Öşa davrdan ikki daryo oraliğidagi pasttekisliklarda yaşagan xalqlarda, aniqroği, özbek va tojiklarda boş ensa qismining yassilanişi, ilmiy tildagi broxokranlaşuv boşlanadi. Boşqaça aytganda, beşik boşning deformatsiyalanişiga sabab bölgan», –degan olim.

Mustafoqulovning fikrini Samarqand arxeologiya instituti antropologi Niyoz Raşidov ham qöllab-quvvatlab, beşikning aynan boş suyagi deformatsiyaga uçraşi jarayonini tuşuntirişga harakat qildi.