Tarmoqlarda Toşkent şahar 1-son bolalar klinik şifoxonasida 2 oylik çaqaloqning qöli kesilgani haqida fuqaro murojaati tarqaldi. Unda aytilişiça, ota farzandini isitmalagani uçun 7 dekabrda Yunusobod tumanidagi Toşkent şahar 1-son bolalar klinik şifoxonasiga olib borgan. Murojaatçiga köra, şifokorlar çaqaloqni 8 kun muolaja qilişgan, 9-kuni reanimatsiyaga yotqizilgan. “Bolamning qöli gangrena bölgan. Kesilgan qölini beringlar, ekspertiza qildiraman desam berişmayapti, ketadigan kuningiz beramiz deyişyapti”, – deyilgan murojaatda.
Holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Aniqlanişiça, 2024 yil 9 dekabr kuni soat 15:30 lar atrofida Şayxontohur tumanida yaşovçi ota-ona 2024 yilda tuğilgan qizini Toşkent şahar 1-son bolalar klinik şifoxonasiga olib borgan. Çaqaloqda tana haroratining kötarilişi, yötal, xirillaş, hansiraş, bezovtalik va holsizlik kabi şikoyatlar bölgan.
SSVga köra, bemor zudlik bilan navbatçi şifokor N.Sultanova tomonidan tibbiy körikdan ötkazilgan. Dastlabki tekşiruv davomida unga “Şifoxonadan taşqari pnevmoniya” taşxisi qöyilgan. Çaqaloqning ahvoli şifokorlar tomonidan oğir deya baholanib, darhol muassasaning çaqaloqlar va çala tuğilgan çaqaloqlar patologiyasi bölimiga gospitalizatsiya qilingan.
Şuningdek, bölimda gematolog, angioxirurg, bolalar jarrohi, neonatal-jarroh kabi tor soha mutaxassislari tomonidan qöşimça va klinik tibbiy tekşiruvlar ötkazilgan. Bemorga “Asosiy: Sepsis. Septisemiya. Covid-19 etiologiyali şifoxonadan taşqari pnevmoniya” asosiy taşxisi va “Tuğma yurak nuqsoni-bölmaçalararo tösiq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bölgan “Nafas yetişmovçiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetişmovçiligi 1-2-a darajasi” taşxisi qöyilgan.
“Muassasada davolaniş vaqtida qizaloqda “Çap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi. Çap qöl va çap qöl panjasida qon aylanişining 3-a darajali ötkir buzilişi, poliorgan yetişmovçiligi” kuzatilgan. Şu bois bemor hayotini saqlab qoliş maqsadida amputatsiya ötkazişga qaror qilingan va ota-onasining roziligi bilan unda jarrohlik aralaşuvi amalga oşirilgan. Hozirda çaqaloqning ahvoli stabil holatda”, – deyilgan vazirlik munosabatida.
SSV vaziyat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani va yakuniy xulosalar böyiça jamoatçilikka qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qilgan.
















