14:00 / 22.09.2022
6701

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruvi raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari “Uzbekistan GTL” zavodidagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish holatini o‘rgandi

Foto: O‘zbekneftgaz

Tashrif mobaynida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Uzbekistan GTL zavodida, “Sasol” texnologiyasi asosida, dunyoda ilk bor tabiiy gazdan ishlab chiqarilgan sintetik aviakerosinning birinchi partiyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga jo‘natilganligi, laboratoriya sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanib, joriy yilning 19 sentabr kuni Milliy sertifikatlashtirish tizimining muvofiqlik sertifikati olinganligi va yarim sintetik Jet A-1 aviayoqilg‘isi aviakompaniyalarni yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlashga xizmat qilishini yana bir marotaba ta’kidladi.

“Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan IATA, ASTM International, Def Stan xalqaro tashkilotlarining aviatsiyayoqilg‘isi uchun xomashyo sifatida GTL kerosinini sintetik komponent sifatida foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosalar olingan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Boshqaruv raisi topshirig‘iga ko‘ra GTL zavodida ishlab chiqarilgan sintetik kerosinining dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi maqsadida, birinchi partiyasi namunasi olinib, xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) tavsiyasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikatini olish uchun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegishli xulosa olish uchun yuborildi.

Shu bilan birgalikda, tashrif chog‘ida import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolari ishlab chiqarilishi, mahsulotni saqlash, sotish hamda yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash jarayonlari o‘rganildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“Uzbekistan GTL” zavodining to‘liq ish rejimiga o‘tilgani sabab, sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda mahsulotlarning yuqori sifatda bo‘lishini ta’minlash kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirib borish natijasida mahsulot tannarxining arzonlashishiga erishish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlab O‘zbekiston respublika Tovar-xomashyo birjasi orqali sotuvga joylashtiriladigan sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi boshlang‘ich narxi 13 mln 897 ming 109 so‘mgacha arzonlashtirilishi belgilandi.

Foto: O‘zbekneftgaz

So‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marotaba narx arzonlashtirilib, joriy yilning 29 avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln 550 ming 500 so‘mdan 14 mln 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan edi.

Bundan tashqari Boshqaruv raisi tomonidan zavodda o‘rnatilgan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining sinxron ishlashini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar holati o‘rganildi va texnologik jarayonlarda mehnat qilayotgan muhandislar, yosh mutaxassislar bilan ochiq suhbat qilindi.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilishi boshlangan Yangi O‘zbekiston turar joylarini birinchi navbatda GTL zavodining xodimlariga qurilish jarayonini o‘zida bosqichma-bosqich ajratib borish ishlarini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Zavodning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi va sintetik yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlari yetkazib berilishi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan GTL” majmuasida yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolari ishlab chiqarilish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top