O‘zbekiston | 11:32 / 24.09.2022
9371
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus O‘zbekistonga go‘sht sotgan davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi

Qoramol go‘shti importi 13,8 ming tonnaga oshgan.

Foto: iStock

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qoramol go‘shti importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar ro‘yxatida Belarus birinchi o‘rinni egallab turibdi – 17,1 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 11,6 ming tonna;
  • Braziliya – 1,4 ming tonna;
  • Hindiston – 967 tonna;
  • Rossiya – 791 tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid