Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 16 iyun kuni Belarus boş vaziri Aleksandr Turçin bilan uçraşdi.

Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik nuqtai nazaridan körib çiqildi.

Joriy yil may oyida Toşkent viloyatida bölib ötgan Hukumatlararo komissiya yiğilişining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi joriy yil boşidan buyon 32 foizga ortib, barqaror ösib bormoqda. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar va hududlararo aloqalarni faollaştiriş böyiça muvofiqlaştirilgan çoralar köriş muhim ekani ta’kidlandi.