Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes milliy strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi
Malayziya tadbirkorlik va kooperativlarni rivojlantirish vazirligi qoshidagi davlat korporatsiyasi O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikdan manfaatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Malayziya tadbirkorlik va kooperativlarni rivojlantirish vazirligi qoshidagi SME Corporation Malaysia davlat korporatsiyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
SME Corporation Malaysia korporatsiyasi ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini ta’minlash, halol sanoat va eksport operatsiyalarini amalga oshirish sohasida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Muzokaralar davomida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikning aniq maqsad va yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va tomonlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish hamda mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqishda malayziyalik mutaxassislarni taklif etish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar natijasida SME Corporation Malaysia davlat korporatsiyasi va Mahallabay ishlash agentligi o‘rtasida joriy yil noyabr oyida o‘zbek tomonining mamlakat ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiyasini Malayziyaga safarini tashkil etish, safar doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga, ikki davlat tashkiloti va ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida qo‘shma biznes-forum o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026