Jamol Kamol 1938 yil 26 aprelda Buxoro viloyati Şofirkon tumanida tuğilgan. 1959 yilda Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.
U 1970 – 72 yillarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Buxoro viloyati bölimida mas’ul kotib, 1972 – 86 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim bölib işlagan.
Jamol Kamol lirik şe’r tuzilişi böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1986 – 88 yillarda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san’at naşriyotida boş muharrir, 1991 – 96 yillarda esa Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi lavozimlarida xizmat qilgan.
Jamol Kamolning «Olam kirar yuragimga» nomli ilk şe’riy töplami 1968 yilda naşr etilgan. Şundan keyin çop etilgan «Çöqqilarga yoğildi yoğdu» (1970), «Toş tuğyoni» (1972), «Hasan va oy» (1974), «Quyoş çaşmasi» (1975), «Qadah» (1978), «Dostonlar» (1980), «Suvaydo» (1982), «Umidli dunyo» (1988) kabi şe’riy töplamlariga kirgan şe’rlarida mumtoz şe’riy an’analar bilan zamonaviy şe’riy jarayon özaro uyğunlaştirilgan.
Şoir 1992 yilda Özbekiston xalq şoiri unvoni bilan taqdirlangan.
Jamol Kamol özbek tarjima san’atida ham öçmas iz qoldirdi. U öz vaqtida fransuz mumtoz adabiyoti namoyandasi Bualoning «Şe’riy san’at» asarini, ozarbayjon şoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqidagi «Şabihijron» dostonini, Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat “Masnaviyi ma’naviy” asarini, Şayx Fariduddin Attorning asarlarini, Abdurahmon Jomiyning ğazallar kitobini, Şayx Mahmud Şabustariyning “Gulşani roz” asarini, buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Şekspirning öndan ortiq asarlarini bevosita ingliz tilidan, Aleksandr Puşkinning “Motsart va Saleri”, Yan Raynisning “Oltin tulpor”, Bartold Brextning “Siçuandan çiqqan mehribon” asarlarini rus tilidan, amiralmöminin Hazrati Ali ibn Abutolibning şe’riy devonini turk tilidan tarjima qilgan.
Jamol Kamol şe’rlari rus, ingliz, fransuz, polyak, ukrain, turk, ozarboyjon, tojik va boşqa köplab tillarga tarjima qilingan.
Şoir 2019 yilda Kun.uz saytiga bergan intervyusida ijod yöli, özbek tili va adabiyoti muammolari, tarjimonlik faoliyatiga oid qator mavzularda öz fikrlarini bildirib ötgandi.












