«Qaçonki rahbarlar öz tili va adabiyotini örgansa keyin xalqini ham hurmat qiladi» - Jamol Kamol bilan suhbat (2-qism)
|22:15 / 23.05.201912 8509 min
Kun.uz sayti jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti mavzusiga bağişlangan turkum suhbatlar loyihasini davom ettiradi. Loyihamizning navbatdagi mehmoni Özbekiston xalq şoiri, tarjimon va adabiyotşunos olim Jamol Kamol böldi.
Jamol Kamol bilan suhbatimiz şe'riyat va tarjimonlikdagi faoliyati, turli mavzularda yozilgan dolzarb maqolalari, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasiga rahbarlik yillaridagi faoliyati, şuningdek, özbek tili muammolari xususida keçdi.
Quyida suhbatning ikkinçi qismini öquvçilarga taqdim etamiz.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-IX)
-Domla, bugun ijodingizni samimiy suhbat asnosida tahlil qilar ekanmiz, yana bir narsaga oydinlik kiritib ketsak töğri böladi nazarimda. 1991-1996 yillarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi bölgansiz. Mana şu yillardagi faoliyatingizga nisbatan turliça munosabatni eşitamiz. Özingizdan söramoqçiman, siz rahbarlik qilgan davrda, samimiy aytganda uyuşmaning yutuği va kamçiliklari nimalarda böldi deb öylaysiz?
- Haqiqatan ham suhbatimiz samimiy keçyapti. Töğrisini aytaman, men öşa paytda Yozuvçilar uyuşmasiga rais bölişni istamaganman.
Islom Karimov öz qabuliga çaqirib, hamma nomzodlar örganib çiqilgani va ular içida meni tanlaşganini aytdi. Men esa Islom akaga rais bölişni istamasligimni, nomzod kerak bölsa öşa paytda Prezident devonida işlovçi Abduqahhor Ibrohimovni (suhbat paytida yonimda men bilan edi) qöyişi mumkinligini aytdim.
Islom aka bunga rozi bölmadi. Xullas, öşa suhbatimiz tört soat davom etdi.
Suhbat yakunida Islom aka meni eşikkaça kuzatib çiqdi, çiqayotganimizda aytdiki: «Bir oydan keyin çaqiraman, eşikdan «roziman», deb kirasiz».
Mavzuga oid
Bir oydan keyin Abduqahhor Ibrohimov uyimga keldi.
- “Ha”mi, “yöq”mi?
Yöq, dedim.
Çunki bilardim, bu juda serğalva, janjalli iş. Şundan keyin hamma yozuvçilar uyimga kela boşladi.
Şunda yangangiz Vohida aytdiki: «Har kuni mehmonlaringizni, yozuvçilaringizni kutaverib çarçadim. Rais bölsangiz böling-da, boşqalardan nima kamingiz bor?».
Prezidentning aytganini qilmadim, xotinimning aytganini qildim... Rozi böldim.
Keyin Qurultoy çaqirildi. Kinoçilar uyi bölardi, öşa yerda sakkiz yuz ellikta yozuvçi yiğildi. Raislikka nomzodlar sifatida Nurali Qobil, Yöldoş Sulaymon va mening nomzodim qöyildi. Yiğilganlar menga ovoz berdi.
Şundan keyin, minbarga çiqib birinçi aytgan sözim esimda: «Azizlar, Komil Yaşin, Sarvar Azimov, Ölmas Umarbekov, Odil Yoqubov uyuşmaga rais böldi. Barçasiga toş otdingiz. Menga ham toş otasizlar. Faqat, iltimos, ayab otinglar. Men bu vazifada bir muddatdan ortiq işlamayman, çunki men uçun ijod muhim, dedim». Şu bilan iş boşlangan.
Endi raislikda nimalarga erişdim?
Birinçisi şu böldiki, Yozuvçilar uyuşmasining eşigi hamma uçun oçildi. Bir misol aytay, mendan keyin raislikka kelgan Abdulla Oripov paytida faollar kengaşi degan guruh tuzildi va uyuşmada ötadigan barça yiğinlarda öşa guruh a'zolari çaqiriladigan böldi, qolganlar kirişi mumkin emas. Bizda esa ahvol boşqaça edi, har qanday yiğilişga istagan yozuvçi kelib qatnaşardi, xohlasa sözga çiqardi. Ya'ni tenglik ta'minlandi.
Ikkinçidan, qölimizdan kelgança yozuvçilarga yordam berdik. Beş yil davomida ellikta yozuvçiga kvartira va yana ellikta yozuvçiga yer olib berdik. Men buni yutuq deb bilaman.
Bundan taşqari, men işlagan paytlarda çet el elçixonalari oçilayotgandi. Uyuşmada mazkur elçixonalar bilan yaqin aloqalarni yölga qöydik. Bizning bayram va tadbirlarimizda elçilarning iştirok etişi odatiy holga aylandi. Ana şu aloqalardan foydalanib va ularning hisobidan yozuvçilarimizni dunyoning turli davlatlariga safarlarga yubordik.
Endi, adabiyotga kelsak, adabiyotni uyuşma yaratmaydi, şaxslar, iste'dodlar yaratadi.
- Bugun turli tadbir va yiğinlarda katta-kiçik rahbarlar tomonidan öz fikrlarini rus tilida bildiriş holati odat tusiga kirib qoldi. Öşa yiğinlarda iştirok etib, öylab qolasiz, biz qayerdagi tadbirda iştirok etyapmiz -Özbekistondami yoki davlat tili rus tili bölgan biror mamlakatdami? Sizningça, tilimizga bölgan hurmatni oşiriş yölida qanday işlar amalga oşirilişi kerak?
- Bu holatning tarixi uzun. Bu mustaqillik yillari va undan avvalgi davrlarning oqovasi.
Men 1972 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutiga katta ilmiy xodim bölib işga kelganman. Şu joyda, Izzat Sulton rahbarligi ostida ön tört yil işladim. Öşa paytdagi özbek tili va adabiyoti instituti bilan hozirgisining örtasida yer bilan osmonça farq bor edi. U paytdagi institutning qanoti keng, ne-ne kuçli olimlar markazi edi. Mana şu institut qisqarib-qisqarib xozir bir xovuçgina bölib qoldi. Sal qoldiki, öşa institut hozirgi Özbek tili va adabiyoti universiteti qoşidagi markazga aylanib qolay dedi. Xayriyat, Şavkat Mirziyoyev buni töxtatdi.
Özbek tili va adabiyoti instituti qoldi, lekin uning ahvoli hali ham xarob.
Nima uçun? Til va adabiyotning turli yönalişlari va yönalişlar böyiça bölimlari böladi. Öşa bölimlarda esa turli darajadagi ilmiy xodimlar işlaşi kerak. Hozir aytsam işonmaysiz, şu institutning ayrim bölimlarida bittadan xodim işlaydi. Bu xodim mudirlikni ham, katta ilmiy xodimlikni ham, kiçik ilmiy xodimlikni ham özi qiladi. Xöş, qanday qilib bir kişi butun boşli bölimning işini, fan işini yuritişi mumkin? Nega, deb sörasangiz ştat yöq, pul yöq deyişadi.
Aççiq bölsa ham aytaman, Bizda prezident akademiyasi nomli akademiya bor. Bu akademiya rahbar kadrlar tayyorlaydi. Şu akademiyaning mas'ul lavozimida işlaydigan bir kişidan söraganman: yigirma beş yil davomida rahbar kadr tayyorlaysiz, ayting-çi, şu kadrlar içida birorta yorqin va butun Özbekiston taniydigan rahbar yetişib çiqdimi?
Öqituvçi javob berolmadi. Köryapsizmi, har yili bu akademiya yuzlab rahbar kadrlarni tayyorlaydi, lekin ularning içida piçoqqa ilinadigani yöq. Xulosa nima? Demak, yigirma beş yil davomida xalqning, davlatning puli havoga sovurilgan. Endi tasavvur qiling, öşa akademiyaning şaroitlari qanday? Haşamatli bino, öqituvçilarda baland oylik....
Aytmoqçimanki, öşa akademiyaga sarflangan pulning bir qismi til va adabiyot institutiga sarflanganda edi, bu özbek tili va adabiyotiga bölgan e'tiborni yanada kuçaytirgan bölar edi.
Nima uçun ayrim kişilar özini bunday tutadi? (özbek bölib özbek tilida gapirmaydi yoki tilni buzib gapiradi)
Çunki u öz xalqini hurmat qilmaydi. Tilga e'tiborsiz-elga e'tiborsiz.
Kimki tilini va adabiyotini yaxşi bilsa, xalqini ham hurmat qiladi. Tilni mensimagan kişi esa xalqni ham mensimaydi.
Oçiğini aytaylik, ötgan yillar davomida tilga, adabiyotga va xalqqa bepisandlik siyosati olib borildi. Bu yillar davomida şunday amaldorlar tabaqasi şakllandiki, ular uçun ikkita qadriyat bor: pul va mansab. Pul yiğadi va mansab oladi. Mansab oladi va pul yiğadi. Xalqdan uyaliş tuyğusi yöqolib ketdi. Nima uçun ham uyalardi, hurmat qilmaydi-ku.
Xalqdan uyalmaslikka bir misol keltiraman: matbuotda yozildi. Bir neça yil avval prezident kelyapti deb paxtasi terib bölingan dalalardagi ğöza çanoqlariga qaytadan paxta tiqib çiqişgandi. Kim buyruq bergan? Viloyat hokimi. Xöş, öşa viloyat hokimi xalqning oldida xijolat çekmaganmidi?
Xijolat çekmagan, çunki xalqni mensimaydi.
Ana şu xalqni mensimaslik va hurmat qilmaslik tufayli özbek tiliga ham e'tiborsiz munosabatda bölindi.
Menga qolsa, özbek tili va adabiyoti institutini Mustaqillik maydonining törida haşamatli qilib qurardim.Özbek millati hayotidan tili va adabiyotini supurib taşlang nima böladi? Özbek xalqi yöq böladi. Suhbat avvalida aytganimdek, xalqning uçta asosi böladi: oyoği ostidagi yeri, tili adabiyoti va din-u diyonati.
Xudoga şukr, yerimiz, din-u diyonatimiz özimizga qaytdi, endi til va adabiyotimizni ham osmonga kötarib qöyişimiz kerak.
Savolingizga javob şu, özbek tiliga e'tiborni özbek tili, adabiyoti va folklori institutiga e'tiborni kuçaytirişdan boşlaş kerak.
Qaçonki rahbarlar öz tili va adabiyotini örgansa, keyin xalqini ham hurmat qiladi.
Til xalqning nomusi, tarix uning qomusi.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi