Rossiyaga qaraşli «Novaport» kompaniyasi Özbekistonning Samarqand, Namangan va Urganç aeroportlarini modernizatsiya qiliş va rivojlantiriş böyiça şartnoma imzolaganidan keyin ijtimoiy tarmoqda uşbu aeroportlari boşqaruvi «Novaport» kompaniyasiga ötişi töğrisidagi xabarlar tarqalib, turli bahs va munozaralarni keltirib çiqardi.
Bu borada tahririyatimizga ham köplab murojaatlar yetib kelmoqda. Kun.uz’ga yöllangan murojaatlardan navbatdagisi Özbekiston xalq şoiri Jamol Kamol tomonidan böldi. Unda Yozuvçilar uyuşmasining sobiq rahbari Özbekistondagi ayrim aeroportlar boşqaruvi Rossiya kompaniyasiga ötişi borasida öz xavotirlarini bildirgan.
Quyida mazkur oçiq xatdan ayrim qisqartmalarni keltiramiz.
«Men keksa bir qalamkaş Özbekiston xalq şoiri sizlarga bugungi kunda dolzarb masalada murojaat qilyapman.
Urganç, Samarqand va Namangan aeroportlari boşqaruvi Rossiyaning «Novaport» kompaniyasi boşqaruviga berilgan emiş. Eşitib seskanib ketdim. Bu nima degan gap? Bu – «Özbekiston havo yöllari»ga xorijiylar hukmronlik qiladi degani. Buning oqibatini tuşuniş uçun katta aql egasi bölişi şart emas.
Öylab qarang, Rossiya heç qaçon Sankt-Peterburg aeroporti boşqaruvini xorijiylarga berib qöyadimi? Aslo! Yoki Qozoğiston Olmaota aeroporti boşqaruvini çet elliklarga berib qöyadimi? Aslo!
Bu masalada çekiniş, yon beriş, yengil-yelpi munosabatda böliş mumkin emas.
Aziz birodarlar! Ovozingizni çiqaring. Xalq bilan kengaşmay, kimlardir imi-jimida amalga oşirayotgan bu işning yölini tösaylik. Prezidentimiz keça-kunduz ğayrat körsatib, yaxşi islohotlar joriy etayotgan, xalqimiz ertangi kuniga katta umid közini tikib, kötarinki kayfiyatda yaşayotgan bir şaroitda bu noxuş xabar xuddi yoz çillasida yoqqan qor kabi yomon ta'sir etadi menga», deydi xalq şoiri.
Jamol Kamol jamiyatda erkin fikr muhimligini ta'kidlab, atom elektrostansiyasi qurilişi masalasi ham turli bahs-munozaralarga sabab bölgani, lekin osmon uzilib yerga tuşmagani, bu borada ham xalqimiz öz fikrini qörqmasdan erkin bildirişi kerakligini ta'kidlaydi.
Jumladan, «Siz ham ovoz çiqazing. Xalq va davlat oldidagi burçingizni ado eting. Yurtimiz havo yöllarining rahbarlariga tuşuntiring. Osmon uzilib yerga tuşmaydi», deydi u.
Bundan avvalroq Transport vazirligi Özbekistondagi bir neçta aeroportlarning nima uçun ayni kompaniyaga berilişiga













