20-21 sentabr kunlari Toşkent tibbiyot akademiyasining 100 yilligiga bağişlangan “Boş va böyinning tuğma anomaliyalarini davolaşda innovatsion yondaşuvlar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bölib ötmoqda.

Tadbir KOFIH (Koreya Xalqaro Soğliqni Saqlaş Jamğarmasi) va Özbekiston Lab va tanglay yoriği jamiyati bilan hamkorlikda taşkil etilgan. Aholi salomatligini yaxşilaş uçun xalqaro miqyosda tibbiyot hamkorligini örnatiş maqsadida ötkazilayotgan anjuman soğliqni saqlaş sohasidagi nufuzli tadbirlarning biri hisoblanadi.

Anjumanga dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan 30 dan ziyod olimlar taşrif buyurişdi. Jonli muloqot, iştirokçilarning körgazmali va innovatsion çiqişlari hamda jahonning ilğor mutaxassislari iştiroki özbekistonlik va xorijiy hamkasblar örtasida tajriba almaşinişda samarali xizmat qiladi.

Reklama











