Internetda bir-birini haqorat qilişi munozara emas, bu domla çiqib, narigisini umri davomida qilgan kamçiliklarini topib, josuslik qilişi – faqatgina fitna. Ikkita ulamo şunday qilib tursa, ularning muxlislari ham bir-birlari bilan şunday janjallaşyapti, ustozlari qanday haqorat qilgan bölsa, bir-birini şunday haqorat qilyapti. Men internetda munozara qilayotgan hammani insofga çaqiraman, deydi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ahli ilmlarga qilgan murojaatida.

Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston ahli ilmlariga murojaat qilib, ularni munozara odoblariga rioya qilişga çaqirdi va bu narsalar Alloh uçun bölişi kerakligini aytdi.

«Hozir internetda munozara qilayotganlarga aytamizki, munozarangizni yakka tartibda körişib qiling. Internetda turib olib bir-birini haqorat qilişi munozara emas. Internetda bu domla çiqib, narigi domla butun umri davomida qilgan kamçiliklarni topib, josuslik qilib, qayerdandir suriştirib, «sen mana bunday işlarni qilgansan» deb haqorat qiliş yoki uning ba’zi sözlaridan kamçilik topib olib, «sen mana bu sözni xato aytding» deb aytişi yoki narigi domlaga bunga ham şunday javob berişi – munozara emas, faqatgina fitna!

Ikkita ulamo şunday qilib tursa, ularning muxlislari ham bir-birlari bilan şunday janjallaşyapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni öqisangiz, biri buning tarafini olib, ikkinçisi uning tarafini olib, bir-birini ustozlari qanday haqorat qilgan bölsa, şunday haqorat qilyapti. Ularga kör-körona ergaşib, körmurid bölib, «buning gapi töğri, [faqat] mening ustozim töğri gapiryapti» degan öy bilan narigi tomonni haqorat qilyapti.

Qolaversa, bu munozara omilarning işi emas, ulamolarning işi edi. Avvallari qanday bölgan? Avval ulamolar biror narsani munozara qilsa, odob-axloq bilan munozaraga çaqirilgan va ikkinçi taraf buni qabul qilgan. Namozga va boşqa xayrli işlarga zarar yetkazmaydigan qulay bir fursatni topib, qöllarida hujjatlari va kitoblari bilan kelib, bir-birlarini haqlariga duo qilgan. Keyin bu siz aytgan gap – men öqigan kitobda mana bunday ekan, desa bunisi özining kitobini körsatgan. Yoki ikkalalarining munozaralarini hal qilib beriş uçun özlaridan ham peşqadamroq bölgan ustozni örtaga hakam qilib qöyib hal qilişgan. Şundan keyin xato qilgan tomon tan olib, narigi tomonni ğolib deb bilmasdan, balki bu munozara Alloh uçun bölganidan ikkisi bir-biriga quçoq oçib, haqqiga duo qilib ketişgan.

Hozir qanday bölyapti, faqat men töğriman, seniki notöğri deyapti. Azizlar, bunday munozara bölmaydi. Men internetda bir-biriga munozara qilib, bir-birini haqorat qilayotgan hamma domlarni insofga çaqiryapman. Talabami, ustozmi – kim bölsangiz ham, internetda bir-biringizni haqorat qilmang, iltimos. Mard bölsangiz, bir-biringiz bilan körişib, ötirib har qança gapingiz bölsa, gaplaşib oling. Lekin xalqni çalğitmang, uni ikkiga bölmang, bir-biriga duşman qilmang!